YPX inspektoriga qo‘l ko‘targan shaxs qamoqqa olindi
Buxoroda YPX inspektoriga tan jarohati yetkazgan va hodisa joyidan yashirinishga uringan haydovchi qamoqqa olindi
2020 yil 6 fevral kuni soat 16:30larda Buxoro viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati otryadi 1-safarbar guruhi yo‘l-patrul xizmati katta inspektori katta serjant Vasil Qurbonov tasdiqlangan dislokatsiyaga asosan Buxoro shahrida joylashgan “Markaziy dehqon bozori” hududidan o‘tgan M-37 avtomobil yo‘lida yo‘l transport hodisalarining oldini olish bo‘yicha xizmat olib borgan.
Buxoro viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, katta serjant Qurbonov xizmatni o‘tash jarayonida, Buxoro shahri Afrosiyob ko‘chasidan Qizilqum ko‘chasi tomon harakatlanib kelayotgan, Buxoro tumanida yashovchi, 1977 yilda tug‘ilgan fuqaro T.N. boshqaruvidagi “Niva” rusumli avtomashinani dastlab piyodalar o‘tish yo‘lagidan o‘tayotgan piyodalarga yo‘l bermasdan harakatni davom ettirganligi, shuningdek, Afrosiyob va Qizilqum ko‘chalari kesishmasidagi chorrahadan svetoforning qizil chirog‘iga amal qilmay burilib olganligi sababli jyezl tayoqchasi bilan to‘xtatgan.
Haydovchi T.N. avtomashinani yo‘lning o‘ng tomon chekkasida to‘xtatib, avtomashinadan tushib qochishga harakat qilgan. Haydovchini spirtli ichimlik iste'mol qilgan holatda avtomashinani boshqarib kelayotganlikda gumon qilgan katta serjant V.Qurbonov uning ortida borgan vaqtda, haydovchi T.N. mushti bilan katta serjant V.Qurbonovning yuz va ko‘z sohasiga bir marotaba urib, tan jarohati yetkazgan va hodisa joyidan yashirinishga uringan. Biroq, shu yerda xizmat olib borayotgan yo‘l patrul xizmati xodimlari tomonidan T.N. voqea joyida ushlangan.
Katta serjant Vasil Qurbonov tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganda unda “Yuzi o‘ng qismi yumshoq to‘qimalarining lat yeyishi, o‘ng ko‘z olmasi kontuziyasi bosh miya chayqalishi” bilan kechuvchi tan jarohatlari mavjudligi aniqlangan.
Fuqaro T.N. narkologik tekshiruvdan o‘tkazilganda “Alkogoldan mastlik holati”da ekanligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan fuqaro T.N.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 219-moddasi tegishli qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
22:36 / 26.09.2024
Chirchiq daryosining 6 km qismida dam olish hududi barpo etiladi
07:50 / 21.09.2024
O‘zbekistonda 263 dona qadimiy tangani Turkiyaga yashirincha olib ketayotgan shaxs ushlandi
13:54 / 10.09.2024
2025 yil sentabr oyida Buxoro biyennalesi tashkil etiladi
20:34 / 31.08.2024