Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Singapur kompaniyasi Toshkentda chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha loyihani amalga oshirishi mumkin
Texnologiya kichik hududlarga mo‘ljallangan bo‘lib, transport xarajatini talab etmaydi, atrof-muhitga zararli moddalarni chiqarmaydi
Toshkent shahar hokimligida Singapurning Alpha Global Capital (S) Pte. Ltd. kompaniyasi mutasaddilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Poytaxt hokimligi xabariga ko‘ra, muloqot davomida chiqindilarni qayta ishlash yo‘nalishidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalasi muhokama etildi.
Singapur kompaniyasi vakillari bu yo‘nalishda yetarli tajribaga egaligi, ularning bu soha uchun yaratgan texnika va texnologiyalariga dunyoda qiziqish ortib borayotganligini qayd etdi.
Bugungi kunda kompaniya qattiq va aralash turdagi chiqindilarni qayta ishlash natijasida ekologik toza o‘g‘itlar ishlab chiqarish, qurilish materiallarini tayyorlash, shuningdek, suvni zararsizlantirish uchun qator texnologiyalarni ishlab chiqqan.
Alpha Global Capital (S) Pte. Ltd. taklif etayotgan texnologiyalar kichik hududlarga mo‘ljallangan bo‘lib, transport xarajatini talab etmaydi, atrof-muhitga zararli moddalarni chiqarmaydi, shuningdek, energiya tejamkordir. Suvni zararsizlantirish bo‘yicha takliflari kanallarning sanitar holatini yaxshilash va obodonlashtirish uchun foydali, deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
09:05 / 20.06.2026
O‘zbekistonda xavfli chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha loyiha amalga oshiriladi
10:25 / 18.06.2026
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
16:28 / 13.06.2026