08:11 / 22.02.2020
0
5377

Elsewedy Electric Toshkentda drayport qurishga qiziqish bildirmoqda

Toshkent shahar hokimi Misrning Elsewedy Electric kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Ahmad al Suveydi boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

O‘zaro muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish masalalari muhokama etildi.

Ahmad al Suveydi o‘z kompaniyasi haqida ma'lumot berar ekan, ular qayta tiklanadigan energiyasini ishlab chiqarish uchun kabellar, transformatorlar, elektrotexnika buyumlari, elektr uzatish tarmoqlarini qurish va jihozlash, tarqatish tizimlari, gaz hisoblagichlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchilardan biri ekanligini aytib o‘tdi. 

Hozirda Ruminiya, Gretsiya, Sloveniya, Chexiya, Qatar, Jazoir, Suriya, Bangladesh, Tanzaniya, Gana va boshqa mamlakatlarda kompaniya filiallari faoliyat yuritayotganligini ma'lum qilib, qator yo‘nalishlarda O‘zbekiston, xususan, Toshkent bilan hamkorlikda ishlash taklifini bildirdi. 

Jumladan, Toshkentda drayport (quruqlikdagi logistika markazi) qurish, smart hisoblagichlar ishlab chiqarish va elektr energiyasi ta'minoti sohasida birgalikda ishlash niyati borligini aytib o‘tdi.

Uchrashuvda Misr kompaniyasi rahbariga poytaxtda amalga oshirilishi rejalashtirilgan qator loyihalar taklif etildi. Mazkur taklifga asosan, kompaniya mutaxassislari tegishli tizimlarni o‘rganishadi va ularning xulosalariga ko‘ra, hamkorlik istiqbollari belgilanadi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top