Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriya mamlakat havo sarhadini buzgan barcha samolyotlarni urib tushirish bilan tahdid qildi
Suriyalik harbiylarga dushman obektlarini har qanday usul bilan yo‘q qilish topshirig‘i berilgan.
Suriya havo hujumidan mudofaa kuchlari mamlakat havo sarhadini buzgan har qanday samolyotni urib tushiradi. Bu haqda Suriya qurolli kuchlar qo‘mondonligiga tayanib RIA Novosti xabar berdi.
Qayd etilishicha, xorij havo vositalari dushman nishoni sifatida baholanadi va «yo‘q qilinguniga qadar» ta'qib qilinadi.
SANA agentligining xabar berishicha, suriyalik harbiylarga dushman obektlarini har qanday usul bilan yo‘q qilish topshirig‘i berilgan.
Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Suriyaning Idlib viloyatida yuz berayotgan to‘qnashuvlar uchun “urush” so‘zini qo‘llash mumkinligini aytgandi.
20 fevralda Turkiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi jangarilar Turkiya qurolli kuchlari artilleriyasi ko‘magida Suriya armiyasining Kminas va Nayrab aholi punktlaridagi mudofaasini yorib o‘tgan.
Bunga javoban Rossiyaning Su-24 samolyotlari jangarilarga zarba bergan. Bu Suriya armiyasiga barcha hujumlarni qaytarishga imkon bergan. Rossiya tomoni Anqarani terrorchilarni qo‘llab-quvvatlamaslikka chaqirgan.
Turkiya mudofaa vazirligining ma'lum qilishicha, Idlibda havo hujumi vaqtida 2 nafar turk harbiysi halok bo‘lgan, yana 5 nafari yaralangan.
Mavzuga oid
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026
«Mehr» operatsiyalari natijasida 530 dan ortiq kishi O‘zbekistonga qaytarildi
18:07 / 30.05.2026