Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yanvarda respublika korxonalari tomonidan 27,9 trln so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi
2020 yilning yanvar oyida respublika korxonalari tomonidan 27,9 trln. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2019 yilning yanvar oyiga nisbatan sanoat ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi 4,4 foizni tashkil etdi
Foto: O‘zA
Davstatqo‘m xabariga ko‘ra, sanoat ishlab chiqarish tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishdagi ulushi 75,7 foizni tashkil etdi.
Jami sanoat ishlab chiqarish fizik hajmi o‘sishining asosiy omili bo‘lib, ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoatning - 8,6 foizga va elektr, gaz, bug‘ bilan ta'minlash va havoni konditsiyalashning - 2,5 foizga o‘sishi xizmat qildi
Suv bilan ta'minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni utilizatsiya qilishda - 1,6 foizga, hamda tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash sanoatida - 9,0 foizga pasayish kuzatildi.
Tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash korxonalari tomonidan 2020 yilning yanvar oyida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 4,0 trln. so‘mni yoki jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 14,3 foizni tashkil etdi.
2020 yilning yanvar oyida ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 21,1 trln. so‘mni yoki jami sanoat mahsulotlarining 75,7 foizini tashkil etdi.
Mavzuga oid
22:31 / 05.05.2026
Mart oyida 2,7 mlrd kub gaz qazib olindi. Bu o‘tgan yilning mos davridagidan 30 foizga kam
21:32 / 01.05.2026
Aholi daromadlarining oshishi sekinlashdi. Poytaxt va hududlar o‘rtasidagi tafovut yanada kattalashgan
10:59 / 10.04.2026
O‘zbekistonliklar o‘qish uchun eng ko‘p Rossiya va Koreyaga ketmoqda
09:29 / 10.04.2026