Vikipediya köplab tillarda ma’lumot beruvçi dunyodagi eng katta oçiq internet ensiklopediyasiga aylanib ulgurdi. Bu saytning muassisi AQŞdagi «Fond Vikimedia» notijoriy taşkiloti hisoblanadi. Bugun bu taşkilotning 37ta hududiy bölinmalari bor. «Vikipediya» sözi inglizçadan olingan: «Wiki» – tez ma’nosini bildirsa, «pedia» ensiklopediya sözi özagidan olingan. Sayt 2001 yil Jimmi Ueyls va Larri Senger tomonidan oçilgan.
Viki tarix
Vikipediya avvaliga ingliz tilida bepul ma’lumot beruvçi «Nupediya» onlayn-loyihasiga qöşimça tarzda yaratiladi. 2001 yil 10 yanvarda Ueyls va Senger Nupediyaning nomini Vikipediya deb özgartirişadi. 2001 yil 15 yanvarda www.wikipedia.com sayti rasman oçiladi. Öşa yil söngigaça saytda 18 tilda 20 mingta turli mavzulardagi ma’lumot paydo böladi. 2002 yilda jami 26 tilda 46 mingta ma’lumot joylaştiriladi. 2007 yilga kelib Vikipediyaning ingliz tili bölimida 2 millionta ma’lumot joylangandi.
Viki jamiyati
Vikipediyadan ma’lumot oluvçi oddiy foydalanuvçilar unga özlari ham ma’lumot joylaşlari va avvalroq joylangan ma’lumotlardagi eskirgan joylarini töğrilaşi mumkin. Anonim tarzda internetdan foydalanuvçilar ma’lumotlarni yangilay olişmaydi. Vikipediya oçiq ma’lumotlar bazasi bölgani uçun anonim foydalanuvçilarga sayt ma’lumotlarini tahrirlaşga imkoniyat bermaydi.
Vikipediyaga ma’lumot joylaydiganlar köngilli sifatida işlaydi va ularga heç qanday haq tölanmaydi. Vikipediyada eng katta guruh 2008 yil ingliz tilidagi bölimga ma’lumot joylaydigan köngillilardan yiğiladi.
Sayt juda aniq qoidalar bilan işlaydi va köngillilarni qat’iy tartib bilan tanlab ularga ma’lumot joylaşda aniq talablar qöyadi. Mabodo köngillilardan birortasi diniy, irqiy kamsitişlar yoki zöravonlikka tarğib qiladigan ma’lumotlarni kiritmoqçi bölsa, unday ma’lumotlar saytga kiritilmaydi va öşa köngilli zudlik bilan sayt ma’murlari safidan öçiriladi.
Viki tillari

Boşlanişida 10dan ortiq tilda ma’lumot bergan Vikipediyada 2015 yilga kelib dunyoning 300ga yaqin tilida ma’lumotlar joylanadi. Jumladan, 51ta tilda 100 000dan oşiq, qolgan 237ta tilning har birida 10 000dan oşiq ma’lumotlar joylangan.
Tillar orasida internet foydalanuvçilari taşrifi böyiça eng ommabopi ingliz tili hisoblanadi. Boşlanişiga umumiy taşrif buyuruvçilarning 60 foizdan ortiği aynan ingliz tili bölimidan ma’lumot qidiradi. Öşanda boşqa tillardagi bölimga taşrif buyuruvçilar soni ança kam bölgan. Masalan, umumiy foydalanuvçilarning 7,8 foizi ispan, 6,7 foizi nemis, 5,8 foizi yapon tili bölimiga kirgan. Keyinçalik vaziyat ança özgarib, boşqa tillarning körsatkiçlari oşib boradi.
Viki-fond, viki-dastur va viki-ta’minot
Vikipediya xarajatlarini şu nomda oçilgan alohida fond qoplab beradi. Şu örinda, Vikipediyada köngillilar işlasa, unda pul nimaga işlatiladi, degan savol tuğilişi mumkin. Vikipediya bugun dunyodagi eng ommabop sayt sifatida juda köp server tizimlarini işlatadi. 2013 yilda sayt bir paytning özida 974ta server xizmatidan foydalangan. Vikipediya örtaça sekundiga 25 mingdan 60 minggaça sörov qabul qiladi.
Viki-disk
2004 yil Vikipediya öz bazasidagi ma’lumotlarni qattiq disklarda sotuvga çiqara boşlaydi. Ilk CD-disklarga nemis tilidagi ma’lumotlar joylanadi. Har bir disk 3 yevrodan sotiladi. 2005 yilda DVD-disklar ham çiqariladi. Har bir diskda 205 mingta ma’lumot va 10 mingta surat joylangan edi. Directmedia DVD-disklarni 9 yevrodan baholaydi va jami 30 mingta DVD-disk sotiladi.
Öşa yili dekabrda disklarning uçinçi partiyasi sotuvga çiqariladi. Bu safar har bir DVD-diskka 300 mingta ma’lumot, 100ta surat va 139 sahifali kitob joylangan edi. 2006 yilda Vikipediyadagi ma’lumotlarni 100 tomda har kitobni 800 sahifali qilib çop etiş haqidagi reja e’lon qilinadi, ammo negadir rejadan voz keçiladi.
2007 yilda 1 964ta ma’lumot joylangan ingliz tilidagi DVD-disklari ham sotuvga çiqariladi. Eng sönggi disk 239 ming ma’lumot yozilgan va 59 ming surat joylangan holda polyak tilida çiqarilgan.
Vikipediyaning özi ma’lumotlarni kitob holida çiqariş rejasidan voz keçgan bölsa-da, bu iş boşqalar tomonidan qilinadi. 2009 yilda rassom Rob Mettyus Vikipediyaning ingliz tilidagi bölimidagi ma’lumotlar kiritilgan 5 000 sahifali kitob çop etadi. 2010 yilda angliyalik yozuvçi Jyeyms Braydl Vikipediyadagi «Iroq uruşi» mavzusida 2004 yildan 2009 yilgaça yangilab borilgan ma’lumotlar asosida 20 tom, 7 000 sahifali kitob çop etişga kirişadi.
Viki işonç

Vikipediya taşkil topganidan buyon töxtovsiz rivojlanib kelmoqda. Dunyodagi eng obröli statistika saytlaridan hisoblangan Alexa ma’lumotlariga köra, Vikipediya 2018-2019 yillarda dunyodagi eng köp internet foydalanuvçisi taşrif buyuradigan 5ta eng ommabop saytlardan biri bölgan. Bugun dunyodagi juda köp saytlar, ular orasida hatto rivojlangan davlatlar va xalqaro taşkilotlarga tegişli saytlar ham bor, öz ma’lumotlarida Vikipediyani manba sifatida körsatadi. Masalan, Kanada parlamenti, AQŞ federal sudi, Butunjahon intellektual mulk taşkiloti saytlarida Vikipediya manba sifatida körsatilgan.
Viki sovrinlar
2004 yil may oyida Vikipediya ikkita nufuzli mukofot bilan taqdirlanadi. Bular – nufuzli Prix Ars Electronica konkursidagi «Oltin Nika» sovrini va xalqaro sudlar tomonidan berilgan jamiyat yönalişidagi «Webby» sovrini. 2008 yil 25 avgustda ukrainalik astronomlar tomonidan kaşf etilgan asteroidga «274301 Vikipediya» nomi berilgan. 2014 yil 22 oktyabrda Polşaning Slubitse şahrida dunyoda ilk bor Vikipediyaga atab yodgorlik örnatildi.
Viki-loyihalar
Vikipediya fondi saytning köplab bölimlarini işlab çiqqan:
Viki-luğat – köp tarmoqli luğatlar;
Viki-iqtibos – iqtiboslar, iboralar va maqollar;
Viki-teka – kutubxona;
Viki-darslik – turli darsliklar;
Viki-versitet – interaktiv ta’lim va ilmiy loyihalar;
Viki-yangiliklar – xalqaro axborot agentligi;
Viki-ombor – multimediya fayllari saqlanadigan bölim;
Viki-köriniş – biologik körinişlar haqida ma’lumotlar;
Viki-gid – sayyohlik yönalişida turli tillarda ma’lumot beruvçi va yöl körsatuvçi loyiha;
Media-viki – Vikipediya fondining turli loyihalari va hujjatlari haqida ma’lumotlar joylaştirilgan veb-sayt.
Vikipediyaga yoğdiriladigan tanqidlar
Vikipediyani tez-tez tanqid qilib turişadi. Ayrim mamlakatlar uni bloklab ham turadi. Bunga aksariyat hollarda ayrim voqea-hodisa yuzasidan turli mamlakatlarda berilgan rasmiy ma’lumot bilan Vikipediyada berilayotgan ma’lumotlarning farq qilişi sabab böladi. Şu sabab ayrim holatlarda Vikipediyani tasdiqlanmagan ma’lumotlar e’lon qilişda ayblaşadi.
Vikipediya haqida qiziqarli ma’lumotlar
2018 yil ma’lumotlariga köra: wikipedia.org domeni 327 881 859 AQŞ dollari qiymatida narxlangan.
Vikipediyada 35 million akkaunt röyxatga olingan, ulardan 150 mingtaça akkaunt Vikipediyaga ma’lumot joylaş va undagi ma’lumotlarni tahrirlaş huquqiga ega.
Vikipediyaning ramzi Yer şarining rang-barangligini va unda turli xil odamlar yaşaşini anglatadi.
«Vikimediya fondi» tijoriy maqsadlarni közlamagan taşkilot. U har yili köplab tadbirlar ötkazib, ulardan tuşgan mablağlarni xayriya sifatida işlatadi.
Vikipediyadagi eng köp tahrir qilingan ma’lumotlar AQŞning sobiq prezidenti kiçik Jorj Buşga tegişli sahifa bölgan. U jami 45 862 marta tahrirlangan.
2018 yil ma’lumotiga köra, Vikipediyada 301 tilda ma’lumotlar joylanyapti. Bugungaça 40 milliondan oşiq ma’lumot kiritilgan. Vikipediyaning wikipedia.org internet manzili taşrif buyuruvçilar soniga köra dunyoda beşinçi örinda turadi.
2013 yilda YuNeSKO Jimmi Ueylsni «insoniyat intellektiga hissa qöşgani uçun» Nils Bor nomidagi xalqaro sovrin bilan mukofotlaydi. Vikipediyaga 1 oyda örtaça 2,5 milliard foydalanuvçi taşrif buyuradi. Agar Vikipediya öz saytida reklama berganida oyiga 300 million dollarga yaqin pul işlaşi mumkin bölardi. Ammo bu saytda reklama berilmaydi.
Vikipediyaning özbekça bölimi
Vikipediyaning özbek tilidagi bölimi Oʻzbekcha Vikipediya 2003 yil 21 dekabrda oçilgan. Özbek tilidagi ma’lumotlar uşbu bölimga ikki xil, lotin va kirill alifbosida joylangan. 2013 yilda Vikipediyaga Özbekiston milliy ensiklopediyasi joylangandan söng, uning özbek bölimiga taşrif buyuruvçilar soni keskin köpaydi va u natijalar böyiça boşqa köplab tillardagi bölimlarni quvib ötdi.
2020 yil 15 fevral sanasiga köra Oʻzbekcha Vikipediya’da 50 158 nafar foydalanuvçi röyxatga olingan. Ulardan 147 nafari oxirgi bir oy içida aktiv bölgan. Özbekça bölimga 133 230ta ma’lumot joylangan. Umumiy tahrirlar soni 2 075 515tani taşkil etadi. Bugun, Oʻzbekcha Vikipediya Vikipediyadagi turli tillarga tegişli bölimlar orasida 57-örinda turibdi.
Özbekistonda Vikipediya sayti foydalanuvçilar taşrifi böyiça Google.com, Youtube.com, Kun.uz, Olx.uz va Mail.ru. saytlaridan söng oltinçi örinda turadi.
Ğayrat Yöldoş tayyorladi.












