Latviya Milliy elektron ommaviy axborot vositalari kengaşi (NEPLP) Rossiya taşviqotini tarqatuvçi yana qator veb-saytlarga kirişni blokladi. Uşbu manbalarning mazmuni Latviya milliy xavfsizligi manfaatlariga ziddir, çunki u Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşini oqlaydi va Rossiyaning xorijiy hududlarni bosib olganini uluğlaydi, şu orqali Rossiya hukumatiga axborot yordamini körsatadi, deb xabar berdi Latvijas Radio.

Radiostansiyaga bergan intervyusida NEPLP a’zosi Iyeva Kalderauska Latviya 2022 yildan beri Rossiya propagandasi bölgan veb-saytlarga kirişni çeklab qöyganini, 413 ta portal allaqaçon bloklanganini eslatdi. Joriy yil boşidan buyon 88 ta internet sahifasiga nisbatan şunday qaror qabul qilingan.

«Uşbu veb-saytlardagi ma’lumotlar turliça. Bular asosan maqolalar — göyoki nima bölayotganini tuşuntirib beradigan, lekin aslida uruşni oqlaydigan matnli materiallar. Şuningdek, armiyaga boriş va Ukrainaga jangga borişga çaqiriqlarni joylaştirgan veb-saytlar ham bor», deb tuşuntirdi Kalderauska. Bloklaş töğrisidagi qaror huquqni muhofaza qiliş organlari bilan maslahatlaşganidan keyin qabul qilinadi.

NEPLP hisob-kitoblariga köra, blokirovka qilinmasa, tarğibot mazmunini oyiga 40 mingdan 68 minggaça odam köradi. Bloklangan veb-saytlarga oyiga yarim million martagaça taşrif buyuriladi.