O‘zbekiston | 14:34 / 24.02.2020
8919
1 daqiqa o‘qiladi

«Afrosiyob» poyezdining qo‘shimcha qatnovi yo‘lga qo‘yiladi 

«Toshkent – Samarqand» yo‘nalishida «Afrosiyob» tezyurar poyezdining qo‘shimcha qatnovi yo‘lga qo‘yiladi 

Foto: O‘zbekiston temir yo‘llari

Joriy yilning 5 martidan 30 apreliga qadar «Afrosiyob» yuqori harakatlanuvchi tezyurar poyezdining qo‘shimcha qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. 

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ xabariga ko‘ra, reys «Toshkent – Samarqand» yo‘nalishida har payshanba kunlari amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, hozirgi vaqtda Samarqand shahri orqali uchta poyezd, jumladan, tranzit poyezdlar (Qarshi va Buxoro yo‘nalishida) qatnaydi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid