Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada avtomobil karnaval ishtirokchilarini bosib ketdi. Kamida 15 kishi jarohatlangan
Germaniya politsiyasi Gessen federal yeridagi Folkmarzen shahrida avtomobil odamlar ustiga yurgani va kamida 15 kishi jarohatlangani haqida xabar berdi. Avtomobil haydovchisi qo‘lga olingan.
Hodisa «Rozenmontaga» bayrami («pushti dushanba» - Germaniyadagi karnaval mavsumini yopib beruvchi qism) tantanalari vaqtida ro‘y bergan.
Nemis nashrlarining yozishicha, mahalliy vaqt bilan soat 14:30da «Mercedes» rusumli avtomobil to‘siqni buzib o‘tib, odamlar ustiga yurgan. Jarohatlanganlar orasida bolalar ham borligi aytilmoqda. Voqea joyiga qutqaruvchilar va politsiyachilar yetib kelishgan.
BREAKING: Car plows into crowd in German town of Volkmarsen, injuring at least 15 people - HNA
— 🌐FNR- FRUM NEWS REPORT🌐 (@FrumNewsReport) February 24, 2020
Voqea joyida olingan suratlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.
Politsiya vakili haydovchi qo‘lga olinganini ma'lum qilgan. Ayni vaqtda hodisa qasddan sodir etilgani ehtimoli bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Germaniyadagi nashrlarda voqea guvohlari haydovchi odamlar ustiga yurishdan oldin ataylab tezlikni oshirgani haqida aytishgan. Politsiya hodisaning sabablari bo‘yicha oldindan isbotsiz gaplar aytishdan tiyilishga chaqirmoqda.
Gessen politsiyasining tvitterdagi sahifasida ro‘y bergan hodisa tufayli bu hududdagi barcha karnavallar bekor qilinganini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
12:04 / 18.06.2026
O‘zbekiston va Germaniya birinchi xonimlari inklyuziv ta’lim masalalarini muhokama qildi
21:45 / 17.06.2026
Audi yangi avlod A6 Allroad’ni taqdim etdi
20:04 / 17.06.2026
O‘zbekiston va Germaniya prezidentlari bir qator iqtisodiy loyihalarni ishga tushirdi
10:05 / 17.06.2026