“Özbekkino” kinostudiyasi Ikkinçi jahon uruşidagi ğalabaning 75 yilligiga bağişlab “Ilhaq” deb nomlangan film suratga olmoqda. Bu haqda “Minsk-Novosti” ma'lum qildi.
Film real voqealarga asoslangan bölib, 12 fevralda suratga oliş işlarining Özbekistondagi qismi yakunlanib, hozirda suratga oliş jarayoni Belarusda davom ettirilmoqda. Rejissyor Jahongir Ahmedov boşçiligidagi suratga oliş jamoasi “Belarusfilm” kinostudiyasi ijodkorlari bilan birgalikda Minskdagi zavodlardan birida jang sahnalarini suratga olmoqda. Bu yerda 1943-yillar muhiti yaratilgan.

Filmga Toşkent viloyatining Xonobod qişloğida yaşagan Zulfiya aya Zokirova va uning kenja öğli Yusuf Xolmatovning taqdiri asos qilib olingan. 5 öğil va bir qiz farzandni bir özi voyaga yetkazgan bu ayol Ikkinçi jahon uruşi vaqtida barça öğillari - Isoqjon, Ahmadjon, Muhammadjon, Vahobjon va Yusufjonni yöqotgan. Ularning barçasiga frontdan “qora xat” kelgan. Bunday maş'um xatlardan oxirgisi Zulfiya ayaga 1945 yil fevralida kelgan. Ona kelinlari bilan butun umri davomida farzandlari xotirasiga motam tutgan.
Uşbu film uruş, ona mehri, vatan, muhabbat va jasorat haqidadir.
Film rejissyori Jahongir Ahmedovning ta'kidlaşiça, dastlab filmni faqat Özbekistonda suratga oliş rejalaştirilgan, biroq keyinroq ssenariy jang sahnalari bilan töldirilgan va suratga oliş jamoasi ularni tasvirga oliş uçun ataylab Minskka kelgan.
Film qahramonlaridan biri Yusuf Xolmatov öz yoriga uruşdan albatta qaytişga va'da beradi, biroq u Leningrad uçun keçgan jangda 20 yoşida halok böladi. Uşbu rolni yoş iste'dodli aktyor, tomoşabinlarga “Sariq devni minib” filmidagi Hoşimjon roli bilan yaxşi taniş bölgan Bunyod Rahmatullayev ijro etgan.
“Men öz personajim haqida gapirganimda közimga yoş keladi, çunki bu juda oğirdir. Ota-onam uyda meni bu ahvolda körib ularning köziga ham yoş keldi. Bu haqiqiy uruşdir, biz buni körib, yaşab va yöqotiş nimaligini angladik”, deb aytgan yoş aktyor.
“Bu yigitlarning barçasi turli joylarda qahramonlarça jang qilib, halok bölişgan: biri Leningrad ostonasida, boşqasi Ukrainada, uçinçisi Belarusda, törtinçisi Varşava yaqinida. Biz barça bu voqealarni Minskda, Kirov nomidagi zavod hududida birlaştirdik”, deb aytgan film sahnalaştiruvçi rassomi Natalya Navoyenko.














