Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston va Qirg‘iziston 23 gektar yer almashishga kelishib oldi
O‘tgan dam olish kunlari Qirg‘izistonning Botken shahrida Tojikiston va Qirg‘izistonning ikki davlat chegarasining delimitatsiyasi va demarkatsiyasi bo‘yicha hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Foto: Qirg‘iziston Respublikasi Davlat chegara xizmati
Asia-Plus nashrining xabar berishicha, Tojikiston va Qirg‘iziston bosh vazirlari o‘rinbosarlari Azim Ibrohim va Akrom Madumarov raisligida o‘tgan yig‘ilishda ikki tomon chegaraning bahsli hududlaridagi 23 gektar yerni o‘zaro almashishga ilk bor kelishdi.
“Shu tariqa, ikki davlat o‘rtasida chegaraoldi hududlari masalalari bo‘yicha uzoq davom etgan bahs joyidan siljidi, deb hisoblash mumkin. Almashiladigan yerning yarmi Tojikistonga, yarmi Qirg‘izistonga tegishli”, deyilgan nashrda.
Biroq tomonlar qaysi hududlar bo‘yicha kelisha olganiga aniqlik kiritilmagan.
Ikki tomon Botkendagi uchrashuv natijalariga ko‘ra davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish sohasida hamkorlikni davom ettirish haqidagi bayonnoma imzolagan. Ushbu masala bo‘yicha ikki davlat vakillarining navbatdagi uchrashuvi mart oyi oxirida bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
22:20 / 09.05.2026
O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasida navbat yuzaga keldi
18:42 / 08.05.2026
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston sug‘orish suvini yetkazish jadvalini kelishib oldi
07:40 / 07.05.2026
Qirg‘iz-tojik-o‘zbek chegarasidagi «Do‘stlik» xalqaro savdo-iqtisodiy parki konsepsiyasi taqdim etildi
22:02 / 02.05.2026