Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda dorixona sotuvchisi va yana ikki fuqaroga pichoq bilan jarohat yetkazgan shaxslar ushlandi
Dorixona sotuvchisiga o‘tkir tig‘li jism bilan yetti marotaba, shuningdek, dorixona ichkarisida bo‘lgan ikki fuqaroga turli ko‘rinishda tan jarohati yetkazildi
Foto: Milliy gvardiya
Joriy yilning 22 fevral kuni tungi soat 02:35da Toshkent shahar Chilonzor tumani 2-mavzeda joylashgan dorixonadan Milliy gvardiya qo‘riqlash xizmati Monitoring markaziga «tashvish» xabari kelib tushgan.
MG xabarida aytilishicha, tashvish xabariga ko‘ra Chilonzor tumani bo‘yicha tezkor guruh xodimlari voqea joyiga yetib borishgan. Dorixona oldida janjallashayotgan noma'lum shaxslar xodimlarni ko‘rib qochishgan, ammo ulardan biri voqea joyida qo‘lga olingan.
Dorixonada jarohat olgan fuqarolarga tez tibbiy yordam chaqirtirilib, ularga yordam ko‘rsatilgan hamda qo‘lga olingan gumonlanuvchi tuman IIO FMBga topshirilgan.
Ko‘p vaqt o‘tmay qolgan 3 nafar tartibbuzar ham Chilonzor tumani IIB FMB xodimlari tomonidan ushlab kelingan.
Aniqlanishicha, shu kuni tungi soat 02:20larda 4 nafar noma'lum shaxs dorixonaga kirib kelgan va sotuvchiga qo‘pol munosabatda bo‘lib, o‘zaro kelishmovchilik yuzaga kelgan. Janjallashish oqibatida noma'lum shaxslardan biri o‘tkir tig‘li jism bilan dorixona sotuvchisi fuqaro N.A. tanasining turli qismlariga 7 marotaba, shuningdek, dorixona ichkarisida (sotuvchining qarindoshlari) bo‘lgan fuqaro M.Sh. va N.A.ga turli ko‘rinishdagi tan jarohati yetkazishgan.
Dastlabki surishtiruv ishlari natijasida qo‘lga olingan noma'lum shaxslar Chilonzor tumanida istiqomat qiluvchi, 1982 yilda tug‘ilgan, vaqtincha ishsiz S.R, 1983 yilda tug‘ilgan, vaqtincha ishsiz P.Sh., 1988 yilda tug‘ilgan, vaqtincha ishsiz M.A., 1984 yilda tug‘ilgan, vaqtincha ishsiz, muqaddam sudlangan A.A. ekanligi aniqlangan.
Hozirda holat yuzasidan tuman IIO FMB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
12:06 / 04.03.2026
Raqobat qo‘mitasi 26 ta dorixonaga ish qo‘zg‘atdi
18:47 / 24.01.2026
2 mingta dori narxi 40-60 foizga tushirildi - Farmagentlik
17:35 / 13.12.2025
Toshkentda retsepsiz dori sotish to‘xtadi. Dorixonalarda vaziyat qanday?
17:58 / 24.10.2025