Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda noqonuniy qurol va psixotrop dorilarni olib yurgan shaxs qo‘lga olindi
Uchtepa tumanida noqonuniy qurol va psixotrop dori vositasini olib yurgan shaxs ushlandi
Foto: IIB axborot xizmati
Joriy yilning 16 fevral kuni Uchtepa tumani 7-sonli IIBga xizmatga jalb qilingan Toshkent shahar IIBB Patrul-post xizmati brigadasi 4-batalon 3-otryadi xodimi safdor Q.Ahmedov va Milliy gvardiya xodimi taxminan soat 20:30larda o‘z hududlarida xizmat olib borayotgan vaqtlarida, Uchtepa tumani 14-mavzesi 1-uy oldida noma'lum shaxs ichki ishlar organlari xodimlarini ko‘rib, o‘z harakatlarida shubha uyg‘otgan.
Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi xabariga ko‘ra, xodimlar uni tekshirmoqchi bo‘lgan vaqtlarida qochib ketmoqchi bo‘ladi, lekin tezkorlik natijasida ushlanib, shu joyning o‘zida tintuv o‘tkazilgan.
Qayd etilishicha, unda kostyumining yon cho‘ntagidan “Pnevmatik” pistolet, 3 dona “Tropikamid” va 4 dona “Regaped” nomli psixotrop dori vositasi borligi aniqlanib, Uchtepa tumani 7-sonli IIBga olib borib shaxsi tekshirilgan. Ushbu shaxs Yashnobod tumanida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan S.Z. ekanligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
22:14 / 11.04.2026
Qashqadaryo va Andijonda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari sotib kelgan shaxslar ushlandi
08:31 / 07.04.2026
O‘zbekiston va Pokiston yuqori texnologiyali dori ishlab chiqarishi mumkin
08:33 / 30.03.2026
Narkosavdo va noqonuniy dorilarga qarshi tezkor operatsiyalar o‘tkazildi
11:59 / 25.03.2026