Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyadagi YTH oqibatida O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi
Istanbulda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi
O‘zbekistonning Istanbul shahridagi (Turkiya) bosh konsulxonasi bergan ma'lumotga ko‘ra, 2020 yil 21 fevral kuni shahar ko‘chalaridan birida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida O‘zbekiston fuqarosi M.K. vafot etdi.
Tashqi ishlar vazirligi ma'lumotida aytilishicha, bosh konsulxona zarurat tug‘ilganda hamyurtimizning jasadini dafn etish uchun vatanga yuborishda uning qarindoshlariga konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarda yordam berish uchun vaziyatni nazoratga olgan.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumaning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etgan va Turkiya, Bolgariya, Ruminiya hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur vaziyatlarda mamlakatning Istanbul shahridagi bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan: +90 212-323-20-37, +90 212-229-00-75.
Mavzuga oid
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
09:30 / 17.06.2026
Toshkentda Lacetti va BYD to‘qnashuvi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi
18:17 / 15.06.2026
“Suv ichaman deb chalg‘idim” – Navoiyda YTHga uchragan avtobus haydovchisi 10 yilga qamaldi
18:17 / 15.06.2026