Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh va Hindiston mudofaa sohasida 3 mlrd dollardan ortiq qiymatdagi shartnoma imzoladi
AQSh prezidenti Donald Trampning so‘zlariga ko‘ra, Hindiston AH-64E Apache hamda MH-60R Seahawk vertolyotlarini sotib oladi.
AQSh va Hindiston mudofaa sohasida 3 mlrd dollardan ortiq qiymatdagi shartnoma imzoladi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan muzokaralar yakunida ma'lum qildi.
"Biz harbiy hamkorligimizni kengaytirmoqdamiz. 3 mlrd dollardan ortiq qiymatda shartnoma imzoladik. Hindiston AH-64E Apache hamda MH-60R Seahawk vertolyotlarini sotib oladi", - dedi Hindistonda tashrif bilan bo‘lib turgan AQSh prezidenti.
Tramp AQSh Hindiston bilan savdo kelishuviga erishish ehtimoliga ishonch bilan qarashini aytdi.
"Bosh vazir bilan muzokaralarimning yana bir muhim mavzusi halollikka asoslangan ikki tomonlama iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishdir. Men har ikki davlat uchun muhim bo‘lgan kelishuvga erishish imkoniyatiga nekbinlik bilan qarayman", - dedi AQSh rahbari.
Trampning qayd etishicha, u davlat rahbari lavozimini egallaganidan buyon AQShning Hindistonga energetika sohasidagi eksporti 500 foizga, savdo aylanmasi esa 60 foizga o‘sgan.
Mavzuga oid
09:02 / 20.06.2026
Netanyahu Trampga bosim o‘tkazishi mumkin - AQSh razvedkasi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026