Internet tarmoğida Özbekistonda Google Tax elektron xizmatlariga soliq soliş töğrisida maqolalar berilmoqda. Moliya vazirining örinbosari Dilşod Sultonov uşbu sohadagi yangiliklar haqida ma'lumot berdi, deb yozmoqda Norma.

 Yangi Soliq kodeksi kuçga kirgunga qadar qanday bölgan

 2020 yil 1 yanvarga qadar elektron xizmatlarga quyidagi hollarda QQS solingan:

 1) Özbekiston rezidentlari bölgan yuridik şaxslar tomonidan mamlakat hududida joylaşgan iste'molçilarga xizmatlar körsatilganda. Bunda iste'molçi yuridik yoki jismoniy şaxs ekanligidan qat'i nazar, Özbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan stavkada va tartibga köra QQS hisoblanadi.

 Biroq Özbekiston yuridik şaxslari tomonidan respublikadan taşqariga xizmatlar körsatilgan taqdirda, uşbu xizmatlar soliq solinmaydigan aylanma sifatida qaralgan. Bunda “kiruvçi” QQS hisobga olinmagan. Soliq xarajatlarga kiritilgan, bu esa elektron xizmatlar tannarxining oşişiga olib kelgan;

 2) Özbekiston rezidentlari bölgan yuridik şaxslar tomonidan norezident – yuridik şaxslardan elektron xizmatlar xarid qilinganda. QQS xizmatlar xaridori tomonidan tölangan. Masalan, norezidentdan elektron xizmatlarni 100 birlikda olişda QQS 15 birlik miqdorida tölangan. Tanlangan soliq soliş tizimiga qarab, uşbu soliq summasi yoki hisobga olingan, yoxud xizmatlar qiymatiga kiritilgan.

 Aynan şu norezident tomonidan Özbekistonda joylaşgan jismoniy şaxsga xuddi şunday elektron xizmatlarni realizatsiya qilişda QQS na bizning mamlakatda, na xizmatlar yetkazib beruvçining mamlakatida tölangan. Natijada elektron xizmatlarning mahalliy yetkazib beruvçilari jismoniy şaxslarga xizmat körsatişda xorij bilan soliştirilganda teng bölmagan şaroitlarga tuşib qolar edilar. Budjetga daromadlar töliq tölanmas edi.

 2020 yil 1 yanvarga qadar elektron xizmatlar körsatişda QQS tölaş sxemasi quyidagiça bölgan:

Şu tariqa barça elektron xizmatlarga, norezidentlar tomonidan Özbekiston hududida joylaşgan jismoniy şaxslarga körsatiladigan xizmatlardan taşqari, QQS solinadi.

 QQS mamlakatda xizmatlar xaridori joylaşgan joyi böyiça tölanadi. Uşbu qoida nafaqat Özbekistonda, balki mazkur soliq undiriladigan barça mamlakatlarda belgilangan.