Sport | 19:08 / 26.02.2020
9280
2 daqiqa o‘qiladi

Mariya Sharapova tennisdan ketishini e'lon qildi

Foto: AFP

«Katta shlem» turkumidagi turnirlarning besh karra chempioni Mariya Sharapova tennisdagi faoliyatini yakunlaganligi haqida e'lon qildi. 32 yoshli rossiyalik tennischining xayrlashuv essesi Vanity Fair jurnalida e'lon qilindi.

«Sen bilgan yagona hayot bilan qanday xayrlashish mumkin? Bolaligingdan mashg‘ulotlar olib borgan, sevgan o‘yining, hammadan quvonch ko‘z yoshlaringni yashirishga majbur qilgan kortlardan qanday ketish mumkin? O‘z oilangni topgan, 28 yildan ortiq vaqt davomida senga suyanch bo‘lgan sportdan ketish mushkul. Bu men uchun yangilik, shunday ekan meni kechiringlar. Xayr, tennis!» - deya yozilgan xayrlashuvda.

Ma'lumot uchun, Mariya Sharapova faoliyati davomida 36ta sovrin sohibasi sanaladi. U Olimpiada-2012 kumush medalini qo‘lga kiritgan. 

Rossiyalik tennischi so‘nggi yillarda yelkasidan olgan jarohatini tiklashga urindi. Ustiga-ustak 2016-17 yillarda doping muammosi tufayli uzoq muddat o‘yin amaliyotisiz qoldi. 2019 yilda esa 15 o‘yin o‘tkazib, ulardan 7tasida mag‘lub bo‘lgandi.

Mavzuga oid