Jahon | 23:36 / 26.02.2020
6608
1 daqiqa o‘qiladi

Polsha prezidenti o‘n uchinchi pensiya haqidagi qonunni imzoladi

Polsha prezidenti Anjyey Duda 25 fevral kuni o‘n uchinchi pensiya haqidagi qonunni imzoladi.

Anjyey Duda / Foto: Reuters

Bu haqda Polskie Radio xabar berdi.

Prezident o‘n uchinchi pensiya 2020 yil uchun mo‘ljallangan eng kam pensiya miqdorida to‘lanishini ma'lum qildi. Bu qiymat soliqlar bilan birga 1200 zlotiyga (280 yevro) teng. 

«Polshadagi iqtisodiy vaziyat yaxshi. Bosh vazir bilan maslahatlashib, o‘n uchinchi pensiyani joriy qilishga kelishdik. Endi u har yili aprel oyida to‘lanadi», dedi prezident.

Shuningdek, Anjyey Duda o‘n to‘rtinchi pensiya haqidagi qonun hukumat tomonidan qabul qilinganini va 2021 yildan boshlab to‘lanishini e'lon qildi. Prezident bu qonunni imzolashga tayyor ekanini aytdi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid