«Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Ğaznaçilik xizmati qömitasi hamda budjetdan taşqari Pensiya jamğarmasi tomonidan zamonaviy xizmatlarni joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga köra, pensiya va ğaznaçilik faoliyatiga zamonaviy xizmatlarni joriy etişning asosiy yönaliş va maqsadlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

- ğaznaçilik va pensiya ta’minoti tizimlarini raqamlaştiriş va avtomatlaştiriş orqali hududlarda ixçam xizmat körsatiş ofislarini taşkil etiş;

- fuqarolarga körsatiladigan xizmatlarni töliq elektron va proaktiv şaklga ötkazişga erişiş.

Farmonga köra, 2026 yil 1 iyuldan ğaznaçilik tizimidagi jarayonlarni avtomatlaştiriş hisobiga Raqamli ğazna tizimi joriy etiladi.

2026 yil 1 dekabrdan pensiya tizimida quyidagi jarayonlarni avtomatlaştiriş orqali:

- fuqarolarning mavjud iş staji va iş haqlari töğrisidagi elektron ma’lumotlarga asosan pensiya miqdorlarini oldindan aniqlaş böyiça «Mening pensiyam» onlayn xizmati joriy etiladi;

- pensiya ta’minotiga oid barça xizmatlar töliq proaktiv, elektron hamda interaktiv şaklga ötkaziladi.