Xalqaro valuta jamğarmasi Özbekistonning amaldagi pensiya tizimini örta muddatli davrda isloh etişni tavsiya qilgandi. Xususan, XVJ pensiya yoşini bosqiçma-bosqiç oşirişni taklif qilgan.

Pensiya jamğarmasi mazkur holat böyiça rasmiy munosabat bildirdi.

«Bugungi kunda Özbekistonda pensiya yoşini oşiriş böyiça heç qanday yakuniy qaror qabul qilinmagan.

Pensiya islohotini ötkaziş böyiça xalqaro ekspertlar tomonidan berilgan takliflar hozirda Özbekiston şaroitiga mosligi, aholining turmuş darajasiga ta’siri va iqtisodiy oqibatlari tahlil qilinmoqda.

Pensiya tizimiga kiritiladigan har qanday özgartirişlar, jumladan, pensiya yoşiga oid masalalar ham, albatta, keng jamoatçilik muhokamasidan söng, xalq fikri va manfaatlarini inobatga olgan holda bosqiçma-bosqiç amalga oşiriladi», deyiladi Pensiya jamğarmasi izohida.