Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2021 yilda turistik obektlar xalqaro to‘lov kartalari uchun bankomatlar bilan to‘liq ta'minlanadi
O‘zbekistondagi barcha turizm obektlari 2021 yilning 1 yanvarigacha xalqaro to‘lov kartalarini qabul qiluvchi terminallar, shuningdek, valuta ayirboshlash bankomatlari bilan ta'minlanadi.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Faxriddin Dovruqov turizm sohasida qilingan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumanida «O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident farmoni ijrosi bo‘yicha axborot berdi.
«Barcha turizm obektlarini 2021 yilning 1 yanvarigacha xalqaro to‘lov kartalari (Master Card, Visa, Union Pay va boshqalar) hamda kobeyjing kartalarini qabul qiluvchi terminallar, shuningdek, valuta ayirboshlash bankomatlari bilan ta'minlashga oid dastur Markaziy Bank bilan ishlab chiqilib, tasdiqlandi.
Hozirda turistik savdo do‘konlarida 2 mingga yaqin bankomatlar va 57 mingtadan ortiq terminallar ishlayapti. Shu yilda bankomatlar 500taga, terminallar 9 mingtaga oshirish rejalashtirilgan», deya uning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Shuningdek, tadbirda turistik obektlarda Wi-fi simsiz aloqa tarmog‘i nuqtalarini tashkil etish bo‘yicha rejalar haqida gapirildi. Aytilishicha, aeroportlarda, temiryo‘l va avtovokzallarda 4 mb/s tezlikdagi Wi-Fi simsiz tarmog‘i orqali butunjahon Internet tarmog‘idan foydalanish nuqtalarini tashkil etish topshirig‘iga ko‘ra 55ta obekt, shuningdek, 650 xo‘jalik sub'yektlariga tegishli hududlarda 1 ming 925tadan ortiq Wi-Fi nuqtalari tashkil etildi.
Mavzuga oid
12:02 / 18.06.2026
“Shovqin va changdan zada bo‘ldik” – portlatish ishlari turizm qishlog‘iga tinchlik bermayapti
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
22:50 / 03.06.2026
80 ming aholiga mo‘ljallangan dunyodagi birinchi suzuvchi shahar loyihasi qayta tiklandi
20:26 / 29.05.2026