07:52 / 29.02.2020
0
21398

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab oliy ta'lim muassasalarida yangi fanlar joriy etilishi mumkin

Bakalavr va magistrlarni tayyorlashda mamlakatning tegishli oliy ta'lim muassasalarida “MICe turizm”, “Ekoturizm” fanlari joriy etilishi rejalashtirilmoqda

Foto: Fotolia / WavebreakmediaMicro

Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasida turizm xizmatlarini yanada diversifikatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi:

a) 2020 yil 1 aprelga qadar muddatda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va Madaniyat vazirligi bilan birgalikda ziyorat turizmi obektlarining, ular haqida batafsil ma'lumotlar ko‘rsatilgan, foto va video joylashtirilgan holda, ma'lumotlar bazasini yaratish, shuningdek, unga barcha turoperatorlar, turagentlar, sayyohlar va boshqa manfaatdor shaxslar kira olishini ta'minlaydi;

b) 2020-yil 1 mayga qadar Madaniyat vazirligi, Fanlar Akademiyasi va Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda Samarqand shahrida “Registon” majmuasi hududida o‘rta asrlar davrida Markaziy Osiyo xalqlarining ilmiy va madaniy yutuqlariga bag‘ishlangan doimiy faoliyat olib boruvchi ekspozitsiyani tashkil etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;

v) Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan birgalikda:

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab bakalavr va magistrlarni tayyorlashda mamlakatning tegishli oliy ta'lim muassasalarida “MICe turizm”, “Ekoturizm” fanlarini joriy etishni ta'minlaydi;

respublikada xorijiy oliy ta'lim muassasalarini, shu jumladan, turizm sohasida malakali kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan filiallarini ochish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;

quyidagilarni nazarda tutuvchi akademik immigratsiyani rag‘batlantirish mexanizmlarini ishlab chiqiladi:

chet ellik yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlarni, shu jumladan chet eldagi vatandoshlarni kasb-hunar va oliy o‘quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyatiga jalb etish;

soddalashtirilgan tartibda “akademik viza” turini chet ellik olimlarga, o‘qituvchilarga va ularning oila a'zolariga kontrakt muddati davomida uni respublikadan tashqariga chiqmasdan uzaytirish imkoniyati bilan 5 yil muddatga O‘zbekistonda yashash uchun ruxsatnoma berish;

O‘zbekistonda yashash uchun ruxsatnoma yoki “akademik viza”ga ega bo‘lgan xorijiy olimlar va o‘qituvchilar hamda ularning oila a'zolari O‘zbekiston fuqarolari uchun nazarda tutilgan shartlarda tibbiy va ta'lim xizmatlaridan foydalanish huquqiga ega.

g) Manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda quyidagilarni ishlab chiqadi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi:

maxsus ko‘chma do‘konlar, kioskalar va kafe-furgonlarda (“fudtrak”) umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatishga (“strit-fud”) ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi nizom;

“MICe” – tadbirlarni o‘tkazish uchun tegishli infratuzilmaga ega obektlar ro‘yxatini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom.

d) Milliy kinokomissiya va manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda O‘zbekistonda kinoturizmni rivojlantirish dasturi tasdiqlash to‘g‘risida qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top