O‘zbekiston | 12:18 / 29.02.2020
1518
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Buyuk Britaniyaning yetakchi ilmiy-tadqiqot markazlari o‘rtasida hamkorlik kengaytiriladi

AQSh, Rossiya, Xitoy, Yevropa ittifoqi va Buyuk Britaniya kabi davlatlar bilan hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari tahlili taqdim etildi 

Foto: O‘zbekiston Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti

Joriy yilning 26 fevral kuni Qirollik xalqaro munosabatlar institutida (Chetem Xaus) O‘zbekiston Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori o‘rinbosari S.Valiyev, moliya vazirining o‘rinbosari O.Isoqov, Xalqaro iqtisodiyot va diplomatiya universiteti yetakchi ilmiy xodimi A.Umarovning «Chetem Xaus», Qirollik mudofaa tadqiqotlari instituti, Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi va «Prizm» xatarlarni baholash bo‘yicha tadqiqot markazi tahlilchilar guruhi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston vakillari joriy islohotlar, ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar jarayoni, respublika tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish va kengaytirish bo‘yicha sa'y-harakatlar, AQSh, Rossiya, Xitoy, Yevropa ittifoqi hamda Buyuk Britaniya kabi yetakchi sherik-davlatlar bilan hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari tahlilini taqdim etdilar.
 
O‘zbekistonning xalqaro va mintaqaviy iqtisodiy integratsiyasi, shuningdek, Markaziy Osiyoning barqarorligi va rivojlanishini ta'minlash masalalari bo‘yicha fikr almashildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha ikki mamlakatning yetakchi ilmiy-tadqiqot markazlari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma nashrlar tayyorlash va tadqiqot loyihalarini o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvlarga erishildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid