Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda haydovchiga kalla qo‘ygan boshqa haydovchiga jinoyat ishi ochildi
Samarqandda yo‘lda boshqa mashina haydovchisiga zo‘ravonlik qilgan haydovchiga jinoyat ishi ochildi. Cobalt haydovchisi Damas haydovchisiga kalla qo‘yib, burnini sindirgan.
Illyustrativ foto
Samarqand viloyat IIB axborot xizmati ma'lumotiga ko‘ra, viloyatning Oqdaryo tumani «Oytamg‘ali» MFYda yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan O‘.S. o‘ziga tegishli bo‘lgan «Damas» rusumli avtomashinasida Samarqand – Loyish yo‘nalishida harakatlanib borayotgan vaqtida uning bilan bir yo‘nalishda orqada harakatlanib kelayotgan Cobalt rusumli avtomashina haydovchisi unga qo‘li bilan to‘xtash ishorasini qiladi.
O‘.S. avtomashinasini to‘xtatganda Cobalt rusumli avtomashina haydovchisi — Oqdaryo tumani «Yangiobod» MFYda yashovchi, 1972 yilda tug‘ilgan N.J. unga «yo‘lga qarab haydasang bo‘lmaydimi, yo‘l belgisini bilmaysanmi?» deb baqirib nojo‘ya so‘zlar bilan haqorat qilib, yuz qismiga qo‘li bilan musht tushirib, yuz sohasiga boshi bilan zarba beradi va tan jarohati yetkazadi.
Respublika sud-tibbiyot ekspertizasi ilmiy-amaliy markazi Samarqand filialining xulosasiga ko‘ra, fuqaro O‘.S.ning tanasida, ya'ni burun sohasida qontalash, burun suyagining sinishi kabi jarohatlar aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan N.J.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Mavzuga oid
07:23 / 05.05.2026
Prezident Samarqanddagi OTB yig‘ilishida muhim tashabbuslarni ilgari surdi
13:00 / 02.05.2026
Jarima balli 12 ballga yetgan birinchi haydovchi ma’lum bo‘ldi
17:45 / 30.04.2026
Forma ortidagi sxema: Samarqandda leytenant million dollarlik ishda gumonlanmoqda
15:48 / 30.04.2026