«Öquvçiga yodlaşni emas, fikrlaşni örgatiş kerak» – ekspert PISA sinoviga tayyorgarlik haqida
|23:30 / 03.03.202030 28011 min
Özbekiston ta'lim tizimi köp yillar davomida bolalar xotirasini sinaşga urğu berib kelgan, PISA esa buning butunlay teskarisi: olingan bilimning amaliyotda qay darajada qöllay olinişini tekşiradi.
2021 yilda Özbekiston ilk marta Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkilotining (OECD) PISA – öquvçilar savodxonligini baholaş böyiça xalqaro dasturida iştirok etadi.
Keyingi yilgi sinovlarda Özbekistondan taxminan 300ga yaqin maktab va taxminan 12 mingdan ortiq öquvçi qatnaşişi kutilyapti.
Mazkur dastur 2000 yildan beri ötkazib kelinayotgan bölib, har 3 yilda 15 yoşli bolalarning öqiş savodxonligi, matematika va tabiiy fanlar böyiça bilimini tekşiradi.
Bunda bolalarning olgan bilimlarini hayotda – real vaziyatda qay darajada qöllay olişlari muhim sanaladi. Ötgan 20 yilda PISA turli davlatlarda ta'lim samaradorligini, sifatini ölçay oladigan asosiy mezon va ta'lim islohotlariga sababçi bölgan dasturga aylanib ulgurgan.
PISA`ning oxirgi marta 2018 yilda ötkazilgan sinovida dunyoning rivojlangan va örta daromadli 79 davlatidan jami 10 milliondan köproq bola qatnaşdi.
Özbekiston ham 2021 yilda ilk bor PISA'da qatnaşib, öquvçilar bilimini xalqaro miqyosda sinab körişni rejalaştirmoqda.
Mazkur maqsadni amalga oşiriş uçun Ta'lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi huzurida Ta'lim sifatini baholaş böyiça xalqaro tadqiqotlarni amalga oşiriş milliy markazi ham taşkil etilgan bölib, markaz jarayonlarga tayyorgarlik işlarini olib boriş uçun mas'ul hisoblanadi.
Kun.uz PISA sinovida iştirok etiş uçun olib borilayotgan tayyorgarlik işlari, kutilayotgan natijalar va uning umumta'lim tizimimizga qançalik ta'sir qila olişi mavzusida Ta'lim sifatini baholaş böyiça xalqaro tadqiqotlarni amalga oşiriş milliy markazi direktori, PISA va PIRLS loyihalari milliy menejyeri Abduvali Ismoilov bilan suhbatlaşdi.
«Berilgan bilimni amaliyotda qöllaş mumkinmi-yöqmi – PISA dasturi ana şuni tekşiradi»
– Bugungi kunda PISA dasturi iştirokçi davlatlari 88tadan oşgan. Dasturning aynan 15 yoşli bolalar bilimini baholaşining boisi – Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkilotiga a'zo davlatlarda bu yoşda bolalar umumta'lim maktabini tugatib, keyingi bosqiçga qadam qöyişga tayyor bölişadi.
Mavzuga oid
PISA bir xil standart va talab bilan butun dunyodagi öquvçilar bilimini baholaydi. Uning baholaş talablarini heç bir davlat milliy standartiga yoki öquv dasturiga soliştirib bölmaydi.
Bunda öquvçilar bilimi öqiş, matematik savodxonlik va tabiiy fanlar savodxonligi yönalişlarida özlaştirgan bilimlarni hayotiy vaziyatlarda qay darajada işlata olişi tekşiriladi.
Bundan taşqari, 2021 yilgi dasturda kreativ fikrlaş könikmasi ham alohida yönaliş sifatida baholanadi.
PISA unga qatnaşayotgan davlatlarga nimani isbotladi?
– PISA dasturida ilk marta qatnaşgunça Germaniya öz ta'lim tizimini ilğor va kamçiligi yöq, deya baholab kelgan. Biroq bu davlat uçun natija kutilganday bölmagandan söng xatolar tahlil qilina boşlangan. Öşanda Germaniya ta'lim tizimining nisbatan yopiqligi, tajriba almaşiş dasturlariga yetarli e'tibor qaratilmayotgani ma'lum bölgan.
Şundan söng Germaniyada ta'lim bilan boğliq butun tizim qaytadan körib çiqilgan va alohida «PISA-shock» nomli dastur işlab çiqilgan.
Oradan 9 yil ötgandan sönggina Germaniya PISA reytingida yuqorilay boşlaydi.
Bugun ta'lim tizimi dunyo böyiça eng oldingi körsatkiçlarni band qiladigan Finlandiyaning ham dastavval PISA`da natijalari juda yaxşi çiqmagan.
Şundan söng Finlandiya faqat körsatkiçi yuqori maktablarga va öquvçilariga emas, balki markazdan uzoqda joylaşgan ta'lim muassasalariga ham alohida e'tibor berişni boşlagan.
Yaponiya esa 2006 yilda PISA dasturida birinçi marta qatnaşganida ta'lim tizimida Özbekistonnikiga öxşaş tarzda bolalardan, asosan, öquv dasturida berilgan ma'lumotni yaxşi özlaştirişga köp e'tibor qaratayotgani ma'lum bölgan.
Öşanda Yaponiya öquvçilari fikrlaşga va öylaşga majbur qiladigan savollarga javob topişda qiynalayotgani kuzatilgan. Va mana şu kamçilikni töğrilaşga harakat qilingan.
Özbekistonning PISA dasturidagi iştiroki uçun budjet va xalqaro taşkilotlardan mablağ ajratilmoqda
– Özbekiston PISAda birinçi marta iştirok etayotgani uçun ham davlat budjetidan, ham xalqaro moliyalaştiriş institutlaridan mablağ ajratilişi közda tutilgan.
Masalan, davlat budjetidan alohida markaz taşkil etilgan bölib, unda işlayotgan xodimlar va boşqa xarajatlar davlat tomonidan moliyalaştiriladi. Bu yiliga taxminan 3 milliard sömni taşkil qiladi.
Aslida ham, PISA sinovida iştirok etiş – yirik moliyaviy xarajat talab qiladigan narsa. Uning bitta davriyligida qatnaşiş uçun 654 ming yevro tölaş talab etiladi.
Bundan taşqari, tajriba örganiş, treninglarda iştirok etiş va ularni taşkil qiliş, öquv qöllanmalar yaratiş kabi tayyorgarlik işlari ham talab etiladi.
Bu taraflama yordam beriş uçun Jahon banki tomonidan «Erta bolalikdagi rivojlanişni qöllab-quvvatlaş» nomli yangi loyiha qabul qilindi. Asosiy koordinatori Maktabgaça ta'lim vazirligi bölgan mazkur loyihada PISA dasturida iştirok etiş uçun ham mablağ ajratilişi közda tutilgan.
«PISA – yangilik, uning tarğiboti ham oson bölmayapti»
– PISA dasturi biz uçun butunlay yangilik bölgani uçun, tarğibot va tayyorgarlik işlari ham oson bölmayapti.
Ayni paytda respublika böyiça 15 yoşli öquvçilar soni taxminan 600 ming nafarni taşkil etadi.
Dastur böyiça öqituvçilarda ham savollar köp: nega biz unda iştirok etişimiz kerak, bizga dastur nima beradi, ta'lim tizimimizda özgariş bölişiga sabab böladimi va hokazo. Ularga turli seminarlar va turli maxsus töplamlar orqali javob berişga harakat qilib kelyapmiz.
Eng köp duç kelayotgan savollarimizdan biri PISA dasturi bizning ta'lim standartiga töğri kelmasligi haqida böladi.
Öqituvçilar «Dasturga tayyorgarlik köriş uçun bizga soat kerak, biz qaysi paytda tayyorgarlik köramiz? Bundan taşqari, öquv dasturimizda bu kabi yondaşuv yöq, biz qanaqa qilib öquvçilarni tayyorlaymiz?» – deya murojaat qilişmoqda.
Biz imkon qadar PISA haqida tuşuntiriş berişga va dastur faqat özimizni sinab körişimiz va xalqaro miqyosda obröyimizni oşiriş uçun yaxşi imkon ekanini tuşuntiramiz.
Öqituvçilarning ham topşiriqlari va yuklamasi oz emas, şuning uçun öqituvçilarga PISA dasturi bilan darsdan taşqari qöşimça maşğulotlarda şuğullanişni tavsiya qilyapmiz.
Şuningdek, Xalq ta'limi vazirligi tomonidan taşkil qilinayotgan malaka oşiriş kurslarida ham öqituvçilarga dastur haqida ma'lumot berilyapti.
PISA dasturida 12 mingdan köproq 15 yoşli öquvçi iştirok etadi
– PISA dasturi imtihoni uçun turliça imkoniyatga ega maktablardan teng ravişda tasodifiy saralaş orqali iştirokçilar tanlab olinadi. Va mana şu öquvçilar butun mamlakat vakili sifatida iştirok etişadi.
2021 yilda Özbekistondan taxminan 300ga yaqin maktab va taxminan 12 mingdan ortiq öquvçi sinovda iştirok etadi.
Özbekiston kompyuter yordamida sinov testini bajariş usulini tanladi
– PISA sinovi 2 xil usulda: kompyuter yordamida va qoğoz usulida test topşiriğini bajarişadi.
Lekin respublika böyiça hali infrastruktura va kompyuter ta'minoti bilan boğliq muammolarimiz ham yöq emas.
Bizda hammasi tayyor, hamma maktablarimizda kompterlar yetarli desak, xato böladi. Yaqin oradagi örganişlarimiz natijasida hali köplab maktablarimizda kompyuterlar yöqligi yoki zamonaviy talablarga javob bermasligiga guvoh böldik.
«Faqat xotirani sinaş usulidan voz keçişimiz kerak»
– Özbekiston ta'lim tizimi köp yillar davomida bolalar xotirasini sinaşga urğu berib kelgan, PISA esa buning butunlay teskarisi: olingan bilimning amaliyotda qay darajada qöllay olinişini tekşiradi.
Bu – muammo bölişi mumkin. Biroq biz köp yillar davomida yodlaşga örganib kelgan bolalarga: «Bugundan yodlaşdan töxtanglar, endi ijodiy fikrlaşingiz kerak yoki bilimingizni hayotiy vaziyatda sinaşingiz kerak», deb birdaniga ayta olmaymiz. Biroq bu kabi özgarişlarga bosqiçma-bosqiç ötib borişimiz zarur.
Masalan, xuddi şu masalada Singapur davlatida «Agar biz bolalarimizga yodlaşni örgatsak, ular xuddi biz örgangan narsani örganadi, agar fikrlaşni örgatsak, köproq narsa örganişadi», degan qaraş bor.
Ayni paytda Özbekistonda öquvçining kompetensiyasini baholaydigan tizim şakllanib bölgani yöq. Real vaziyatda testlar ham öquv dasturidagi mavjud ma'lumotdan foydalanib tuzişga asoslangan.
Lekin endi bundan asta-sekinlik bilan voz keçişimiz kerak. Xotirani emas, ularning haqiqiy bilimini sinovdan ötkaziş usulini topişimiz kerak.
«Milliy baza yaratadigan mutaxassislar yöq»
– PISA dasturining oçiq ma'lumotlar bazasida foydalaniş mumkin bölgan savollar mavjud. Ularni tayyorgarlik jarayonida özbek tiliga çop etib foydalanib kelyapmiz.
Biroq bu bazadagi savollar ham çeklanmagan emas. Öquvçining mantiqiy va ijodiy könikmasini baholaydigan milliy testlar bazasini tuziş ham foydadan xoli bölmaydi. Biroq ayni paytda Özbekistonda bu vazifani bajaradigan mutaxassislar – testologlar yöq.
Testologiya böyiça mutaxassis ham tayyorlanmaydi. Biroq turli seminar va davra suhbatlari ötkaziş jarayonida savollar tuzişga qiziqadigan va PISA dasturi savollarini tuzişda bazaviy ma'lumotlarni biladigan öqituvçilar mavjud. Ular bilan birgalikda işlab kelmoqdamiz.
Biroq agar biz PISA dasturida doimiy iştirok etişni va yaxşi natijaga erişişni xohlasak, keng qamrovli islohot qilişimiz zarur. Testologlar tayyorlaydigan alohida tizim işlab çiqiş zarur böladi.
«PISA dasturi Özbekiston ta'lim tizimini isloh qilişi mumkin»
– Hozirça öquvçilar örtasida PISA böyiça ötkazilgan sinov natijalari unçalik qoniqarli emas, biroq hali yana bir yil vaqt bor. Bundan taşqari, bolalarning dasturga va uni örganişga qiziqişi ham juda yuqori.
Şuning uçun yaxşi natijaga harakat qilamiz va uning tahliliga qarab, islohotlarni amalga oşirişimiz, kamçiliklarimiz ustida işlaşimiz mumkin böladi.
Çunki 50 ming yevro atrofida tölov qilib, dasturda qatnaşiş uçun alohida markaz taşkil qilib, şunça harakat qilsag-u, biroq keyin uning natijasi va tahliliga köra, ta'lim tizimimizni isloh qilmasak, qatnaşişimizdan ham foyda yöq.