Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi kuchaytiriladi
Ishlab chiqarilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi kuchaytiriladi
2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlandi.
2020 yil 30 aprelga qadar Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi ishlab chiqiladi. Loyihada:
oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta'minlash borasida mavjud muammolarni bartaraf etish va ushbu sohada o‘zini oqlagan xorijiy davlatlar normativ hujjatlarini tahlil qilish;
mahsulotlarga qo‘shilayotgan har xil turdagi sog‘liq uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan kimyoviy moddalarni va o‘simlik yog‘larini ishlatish holatlarini o‘rganish;
ushbu tadbirlar natijalariga ko‘ra, mazkur sohadagi texnik jihatdan tartibga solishga oid normativ hujjatlarni yangilash nazarda tutiladi.
Ijro uchun mas'ullar - Sog‘liqni saqlash vazirligi, “O‘zstandart” agentligi, FVV, vazirlik va idoralar.
Mavzuga oid
10:45 / 17.06.2026
Muddati o‘tgan mahsulotlarni sotganlik uchun jarimalar oshirilishi mumkin
16:35 / 15.06.2026
«Sotilgan tovar qaytarib olinmaydi». Bu qonuniy talabmi?
11:24 / 31.05.2026
O‘g‘itlar inqirozi, logistika va proteksionizm: oziq-ovqat narxlari nega oshib boryapti?
20:32 / 12.05.2026