Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda haydovchi YPX inspektoriga bo‘ysunmadi va YTH sodir etdi
Haydovchi “Bunyodkor” ko‘chasining 2-darajali bo‘lagiga o‘tib, u yerda ham yo‘lning qarama-qarshi tomoniga avtomashinasi orqa tomoni bilan harakatlanib ketgan. Shu vaqtda u “Matiz” bilan to‘qnashuv sodir qilgan
Joriy yilning 1 mart kuni soat 23:30larda Toshkent shahar IIBB YHXB YPX inspektorlari N.Jumanazarov va A.Almenqulovlar belgilangan dislokatsiya asosida xizmat olib borayotgan vaqtlarida Bunyodkor-Cho‘lponota ko‘chalari ustidan o‘tgan Ko‘prikda “Yo‘l harakati qoidalari”ning 1.1 yo‘l chizig‘ini bosib harakatlanib kelgan oq rangli “Spark” rusumli transport vositasi haydovchisini o‘rnatilgan tartibda to‘xtatishgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, “Spark” rusumli avtomashina haydovchisi O.M. avval avtomashinasini to‘xtatib, keyin YPX inspektorlarining qonuniy talabiga bo‘ysunmay yo‘lning ushbu bo‘lagida harakatlanayotgan transport vositalariga xalaqit berib, qoidalarni buzishda davom etib orqaga qarab harakatlanib ketgan.
Haydovchi shubha uyg‘otganligi sababli YPX inspektorlari xizmat avtomashinasining mayoqchalari yoqilgan holatda orqaga haydab qoidabuzar haydovchini kuzatib borishgan.
Haydovchi “Bunyodkor” ko‘chasining 2-darajali bo‘lagiga o‘tib, u yerda ham yo‘lning qarama-qarshi tomoniga avtomashinasining orqa tomoni bilan harakatlanib ketayotgan vaqtida ushbu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan “Matiz” rusumli avtomashina bilan to‘qnashuv sodir qilgan.
Ushbu holatni ko‘rgan YPX inspektorlari voqea joyiga yetib borganlar va YTH yuzasidan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirib qonuniy chora ko‘rilgan. “Spark” rusumli transport vositasi o‘rnatilgan tartibda vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Mavzuga oid
22:10 / 11.07.2026
Toshkent Osiyodagi yashash uchun eng qimmat shaharlar reytingida 74-o‘rinda qayd etildi
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
12:35 / 08.07.2026
Lacetti ikkiga bo‘linib ketgan avariya oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan
10:58 / 08.07.2026