Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vazirlik: Neft mahsulotlarini sotishga ixtisoslashgan korxonalar tomonidan 24 mlrd so‘mlik qoidabuzarlik holatlariga yo‘l qo‘yilgan
Yanvar oyida neft mahsulotlarini realizatsiya qilishda mintaqaviy neft bazalar tomonidan bir qator qoidabuzarliklar aniqlandi
“O‘zneftgazinspeksiya” tomonidan o‘tkazilgan profilaktika tadbirlar natijasida joriy yilning yanvar oyida neft mahsulotlarini realizatsiya qilishda mintaqaviy neft bazalar tomonidan bir qator qoidabuzarliklar aniqlandi. Keltirilgan zararning umumiy qiymati 24 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xususan, “Taxiatosh neft bazasi” MChJ (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) va mazkur korxona filiallarida neft mahsulotlarining yetishmovchiligi, sifati buzilganligi va talon-toroj qilinganligi aniqlandi. Keltirilgan zararning umumiy miqdori 1264 tonna (9,7 mlrd. so‘m)ni tashkil etdi.
Bundan tashqari, “O‘zneftgazinspeksiya” tomonidan “Qarshi neft bazasi” MChJda ilgari o‘tkazilgan tekshiruvlarga ko‘ra, 11,5 mlrd. so‘mlik 4333 tonna hajmdagi neft mahsulotlari va yoqilg‘i moylash mahsulotlari sifatiga nomuvofiqligi, tanqisliklar hamda hisobdan chiqarilish holatlari aniqlandi.
Shuningdek, “Paxta neft bazasi” MChJda o‘tkazilgan tekshiruvlar natijalariga ko‘ra, 2,7 mlrd. so‘mlik 143 tonna miqdorida neft mahsulotlarining tanqisligi, sifati buzilishi, savdo va kommunal xizmatlar bilan bog‘liq qoidabuzarliklar aniqlandi.
Yuqorida keltirilgan holatlar bo‘yicha jinoiy ishlar qo‘zg‘atilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi vazirlik xabarida.
Mavzuga oid
15:08 / 21.06.2026
Bo‘rijar kanalida qurilgan mikro GESlar nega ishlamayapti?
08:30 / 15.06.2026
Dengiz o‘rtasidagi shaharlar: dunyodagi eng yirik neft platformalari
08:50 / 01.06.2026
YeI Rossiya neftiga nisbatan yangi sanksiyalarni tayyorlamoqda
08:59 / 26.05.2026