Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh kongressi koronavirusga qarshi kurash uchun 8,5 mlrd dollar ajratishga tayyor - Tramp
AQSh kongressi koronavirusga qarshi kurash uchun prezident Donald Tramp ma'muriyati so‘ragan summadan 6 mlrd dollar ko‘proq ajratishga tayyor.
Bu haqda Trampning o‘zi ma'lum qildi.
“Men 2,5 milliard so‘ragandim. Ko‘rinishicha, ular [kongress] bizga 8,5 milliard berishga tayyor. Bunday hodisa men bilan [prezident sifatida] qachondir bo‘lgan, deb o‘ylamayman. Men bu pullarni olishimni aytishim kerak, ko‘rinadi”, deb aytgan Tramp Vashingtondagi chiqishida.
AQSh prezidenti koronavirusga qarshi asosiy sa'y-harakatlar okruglar darajasidagi mahalliy hokimiyatlar tomonidan ko‘rilishini ta'kidlab o‘tgan. 8,5 mlrd dollar federal budjetdan taqdim qilinadi.
Mavzuga oid
10:30
Boliviya va AQSh 18 yillik tanaffusdan so‘ng narkotrafikka qarshi hamkorlikni tikladi
09:45
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
09:16
Saida Mirziyoyeva AQSh Eksimbanki va DFC rahbarlari bilan muzokara o‘tkazdi
22:24 / 16.06.2026