Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada koronavirus sababli F-35 qiruvchi samolyotlarini ishlab chiqarish to‘xtatildi
F-35 samolyotlarining asosiy qismi Texasdagi zavodda ishlab chiqariladi, ammo ittifoqchilarga mo‘ljallangan qiruvchilarning bir qismi Yaponiya va Italiyadagi zavodlarda ishlab chiqariladi.
Amerikaning Lockheed Martin korporatsiyasi koronavirus xavfi sababli Yaponiyadagi zavodida F-35 qiruvchi samolyotlarini ishlab chiqarishni to‘xtatdi. Bu haqda Defense One portali AQSh mudofaa vazirining xaridlar bo‘yicha o‘rinbosari Ellen Lordga tayanib xabar berdi.
"O‘ylashimcha, ular ishni bir haftaga to‘xtatishga qaror qildi", - deya undan iqtibos keltiradi portal.
Lordning so‘zlariga ko‘ra, Italiyadagi zavodda esa xodimlar masofadan ishlashga o‘tgan.
Lockheed Martin F-35 samolyotlarining asosiy qismini Texasdagi zavodida ishlab chiqaradi, ammo ittifoqchilarga mo‘ljallangan qiruvchilarning bir qismi Yaponiya va Italiyadagi zavodlarda ishlab chiqariladi.
Avvalroq Koronavirusga chalinish xavfini kamaytirish maqsadida Hongkong, Yaponiya va Janubiy Koreyadagi Twitter xodimlari masofadan ishlashga o‘tgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026