Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ballast Nedam Toshkentda yo‘llar, estakadalar va yer osti yo‘llari qurishi mumkin
Ballast Nedam Toshkentda qurilishi rejalashtirilgan yo‘llar, estakadalar va yer osti yo‘llariga oid loyihalarni hamkorlikda amalga oshirishga qiziqish bildirmoqda
Toshkent shahar hokimligida Niderlandiyaning Ballast Nedam kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Ballast Nedam bilan ijtimoiy va infratuzilmaga oid loyihalarni birgalikda amalga oshirish masalasi muhokama etildi.
Ballast Nedam kompaniyasi 1877 yilda tashkil etilgan bo‘lib, qurilish sohasida 140 yillik tajribaga ega. Kompaniya aeroportlar, shifoxonalar, suv ta'minoti, energetika va issiqlik tizimi, og‘ir va yengil sanoat, shuningdek, yo‘llar, yo‘l o‘tkazgich va ko‘priklar qurish bo‘yicha loyihalarni amalga oshiradi.
Ayni paytda Ballast Nedam kompaniyasi Toshkentda qurilishi rejalashtirilgan yo‘llar, estakadalar va yer osti yo‘llariga oid loyihalarni hamkorlikda amalga oshirishga qiziqish bildirmoqda.
O‘zaro muloqot davomida tomonlar hamkorlik masalasini tegishli mutaxassislar bilan atroflicha ko‘rib chiqishga kelishdilar, deyiladi poytaxt hokimligi xabarida.
Mavzuga oid
10:25 / 18.06.2026
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
10:03 / 12.06.2026