Toshkentda avtobus haydovchisining yo‘nalishli taksi bilan poyga o‘ynashi oqibatida yo‘lovchi jarohatlandi
Haydovchining avtobusni to‘xtatishdagi keskin harakati natijasida yo‘lovchi yiqilib, jarohatlangan
Joriy yilning 21 fevral kuni 12-avtobus saroyi tasarrufidagi 130-yo‘nalishda qatnovchi avtobus haydovchisi M.U yo‘lovchi tashish qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, yo‘nalishli taksi transport vositasi bilan poyga o‘ynagan.
“Toshshahartransxizmat” xabariga ko‘ra, haydovchining avtobusni to‘xtatishdagi keskin harakati natijasida yo‘lovchi R.K yiqilib, jarohatlangan.
Ushbu ko‘ngilsiz voqea ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Avtobus haydovchisi yo‘lovchi olib yurish tartib-qoidalarini qo‘pol ravishda buzganligi uchun unga nisbatan Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan bayonnoma tuzildi. Undan tashqari oylik maoshi hisobidan jarimaga ham tortilgan.
Bundan tashqari, 1-avtobus saroyi tasarrufidagi 15-yo‘nalishda chiptachi bo‘lib ishlovchi K.F harakat vaqtida avtobus salonida tamaki mahsuloti iste'mol qilgani uchun oylik maoshidan jarima to‘laydigan bo‘ldi.
“Aziz yo‘lovchilar! Agar siz ham jamoat transporti, xususan, avtobuslarda ko‘ngilsiz holatlar va voqealarga guvoh bo‘lsangiz bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJning 1062-ishonch telefoniga xabar bering. Zero, bunday murojaatlar tizimni tartibga solishda muhim ahamiyatga ega”, - deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
20:02 / 18.11.2024
Angliyaga pul evaziga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi
17:10 / 18.11.2024
Toshkentda Askiya bozori joylashgan yer investorga beriladi
09:10 / 15.11.2024
Toshkentda dorilar savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi
21:21 / 13.11.2024