Sport | 21:10 / 07.03.2020
5438
1 daqiqa o‘qiladi

Lebron Jyeyms MBA tarixida 34 mingdan ortiq ochko to‘plagan uchinchi basketbolchi bo‘ldi

Jyeyms AQSh terma jamoasi safida ikki karra olimpiya chempioni bo‘lgan (Pekin-2008 va London-2012) hamda Afinadagi 2004 yilgi Olimpiadada kumush medalni qo‘lga kiritgan.  

Foto: AP

«Los-Andjyeles Leykers» MBA muntazam chempionatidagi navbatdagi o‘yinida «Miluoki Baks»ni mag‘lub etdi. Uchrashuv maydon egalarining 113:103 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

«Leykers» yetakchisi Lebron Jyeyms jamoasiga 37 ochko olib keldi. U faoliyati davomida to‘lagan jami ochkolari miqdori 34 030ga yetdi.

Undan yuqori natijaga faqatgina Karim Abdul-Jabbor (38 387 ochko) va Karl Meloun (36 928) erishgan. Eng samarador basketbolchilar ro‘yxatida to‘rtinchi o‘rinda 2020 yil yanvarida vertolyot qulashi oqibatida halok bo‘lgan Kobi Braynt (33 643) turibdi.

Jyeyms AQSh terma jamoasi safida ikki karra olimpiya chempioni bo‘lgan (Pekin-2008 va London-2012) hamda Afinadagi 2004 yilgi Olimpiadada kumush medalni qo‘lga kiritgan.  

Mavzuga oid