“Los-Anjyeles Leykers” jamoasi Milliy basketbol assotsiatsiyasi pley-off bosqiçi finalida “Mayami xit” ustidan ğalaba qozonib, 2019/2020 yilgi mavsum ğolibi böldi. 

“Leykers” finalning 6-uçraşuvida “Mayami”ni 106:93 hisobida mağlub etdi. Şundan keyin umumiy hisob Los-Anjyeles klubi foydasiga 4-2 körinişini oldi.

“Leykers” tarkibida Lebron Jyeyms MBA pley-off bosqiçida 260-uçraşuvini ötkazib, bu körsatkiç böyiça Derek Fişerni ortda qoldirdi va 1-öringa çiqib oldi. 

Bundan taşqari, Jyeyms uçraşuvda “Leykers” tarkibidagi eng sermahsul öyinçi böldi. 

“Leykers” MBAda 17-marta çempionlikni rasmiylaştirdi. Klub bu körsatkiç böyiça MBA rekordçisi hisoblangan “Boston” klubiga tenglaşib oldi. E'tiborlisi, “Leykers” 10 yil içida birinçi marta finalga çiqa oldi. Bungaça esa jamoa 6 yil davomida hattoki pley-off bosqiçiga çiqa olmagan. Klub oxirgi marta çempionlikni 2010 yilda “Orlando Mejik”ga qarşi bahsda qölga kiritgan.

“Mayami” esa öz tarixida oltinçi marta va 2014 yildan beri birinçi marta finalda öynadi. Jamoa 2006, 2012, 2013 yillarda çempionlikni qölga kiritgan.  

MBA muntazam çempionati pandemiya sababli mart oyida töxtatilib, 31 iyulda davom ettirilgandi. Pley-off bosqiçi esa 17 avgustdan boşlangan. Uşbu bosqiçning barça öyinlari Floridadagi “Disney uorld” hududida joylaşgan sport majmuasida ötgan.