AQŞning Time naşri basketbol yulduzi Lebron Jyeymsni “Yil sportçisi” deb topdi. 

Naşr tahririyati “Los-Anjyeles Leykers” öyinçisini AQŞdagi irqiy tengsizlikka qarşi kuraşdagi hamda saylovçilar faolligini oşirişga qaratilgan kampaniyalardagi iştirokini qayd qilib ötgan. Naşrning ta'kidlaşiça, AQŞning köplab sportçilari Lebron Jyeymsdan örnak olib, uşbu faoliyatga qöşilgan. 

Jumladan, sportçi 3 noyabrda ötgan AQŞ prezidenti saylovlari oldidan saylov uçastkalariga yoşlarni jalb qiliş böyiça işlarda yordamlaşgan.    

Jyeyms oktyabrda Milliy basketbol assotsiatsiyasi pley-off bosqiçi final seriyasining eng qimmatli öyinçisi deb topilgandi. U törtinçi marta uşbu nomga sazovor bölib, uni uçta turli jamoa bilan qölga kiritgan tarixdagi birinçi basketbolçiga aylandi. Undan köra bu unvonga faqatgina Maykl Jordan köproq sazovor bölgan.

36 yoşli Lebron MBAning 4 karra çempioni hisoblanadi. Sportçi çempionlik unvoniga “Mayami xit” safida 2 marta, “Klivlend kavalers” va “Los-Anjyeles Leykers” safida esa bir martadan erişgan.