Bugun, 9 mart kuni Vazirlar Mahkamasida Boş vazir Abdulla Aripov raisligida köça va aholi punktlarini nomlaş, peşlavhalar, reklama va e'lonlarning davlat tilida berilişi singari masalalar muhokamasiga bağişlangan videoselektor yiğilişi bölib ötdi.

Yiğilişda til masalasiga, özbek tilining davlat tili sifatidagi mavqeyi va nufuzini tubdan oşirişga prezident Şavkat Mirziyoyevning şaxsan özi jiddiy e'tibor qaratayotgani qayd etilgan.

Kun.uz muxbiri xabar berişiça, hukumat rahbari mahalla, köça, korxona, işlab çiqarilgan mahsulotga, kerak bölsa farzandlarga özbek xalqi tarixi, madaniyati va ma'naviyatga zid bölgan nomlar qöyilayotganiga e'tiroz bildirgan.

«Biz bu holatlarga befarqmiz, xuddiki tabiiy holdek faqat kuzatib turibmiz xolos. Xöş, hurmatli rahbarlar bu qaçongaça davom etadi?!

Aholi örtasida, ijtimoiy tarmoqlarda til bilan boğliq mavzu eng köp muhokama qilinmoqda.

Jamoat joylari, köçalar, binolar peştoqida, turli lavha va reklamalarning köpinça boşqa tillarda yoki mantiqsiz, tuşunarsiz mazmunda va şaklda aks ettirilişi bunga sabab bölmoqda.

Bu joylardagi mas'ullarning işlari qoniqarsizligidan dalolat beradi», – deya ta'kidlagan Abdulla Aripov.

Hukumat rahbarining ma'lum qilişiça, yaqinda Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantiriş departamenti tomonidan hududlardagi joy nomlarining holati va bunga mas'ul bölgan hududiy komissiyalar faoliyati örganib çiqildi.

Örganiş natijalariga köra, şaharça, qişloq, ovul, mahalla va köçalarga nom beriş, qayta nomlaş masalalari öz holiga taşlab qöyilgani aniqlangan.

Oqibatda, respublika böyiça 300dan ziyod qişloq va mahallalarning, 400ga yaqin köçaning eski, sovet davridan qolgan yoki biror mantiqsiz, tuşunarsiz nomlari haligaça saqlanib qolmoqda.