07:15 / 09.03.2020
0
13795

Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon uchta raketa uchirdi

Shimoliy koreyalik harbiylar 9 martga o‘tar kechasi Yapon dengizi tomon uchta raketa uchirdi. Bu Shimoliy Koreyaning joriy yilda ikkinchi raketa uchirishidir.

Foto: Global Look Press/MC2 Thomas Gooley/Keystone Press Agency

Bu haqda Janubiy Koreya bosh shtabiga tayanib Yonhap axborot agentligi xabar berdi. 

Ma'lum qilinishicha, raketalar Shimoliy Koreyaning Xamgen-Namdo provinsiyasida joylashgan Sondok yaqinidagi hududdan Yapon dengizi tomon uchirilgan. 

Yaponiya hukumatining ta'kidlashicha, raketalar 100 kmdan 200 kmgacha masofani uchib o‘tgan va ballistik raketalar bo‘lgan. Yaponiya sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati Yapon dengizidagi kemalarga ehtiyotkor bo‘lishni tavsiya qilgan.

Mart boshida Shimoliy Koreya joriy yildagi ilk raketa sinovlarini o‘tkazib, kichik masofalarga mo‘ljallangan 2 ta raketani Yapon dengizi tomon uchirgandi. Bu ko‘plab davlatlar tomonidan tanqid qilingan.

Umuman olganda, Shimoliy Koreya 2019 yilda 13 marta raketa uchirgan. Odatga ko‘ra, bunda ballistik raketalar sinovdan o‘tkazilgan. 

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top