«Lukoyl» bilan geologiya-qidiruv ishlari bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etiladi
Geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish uchun “O‘zbekneftgaz” va “Lukoyl” kompaniyasi hamkorligida qo‘shma korxona tashkil etilishi rejalashtirilmoqda

Foto: O‘zbekneftgaz
2020 yilning 5 mart kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiyaning “Lukoyl” kompaniyasi prezidenti Vagit Alekperovni qabul qilgandi.
Davlat rahbari boshchiligida o‘tgan ushbu uchrashuvda “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayevga ham tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
“O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 6 mart kuni prezident tomonidan berilgan ko‘rsatma va topshiriqlar ijrosi yuzasidan “O‘zbekneftgaz” boshqaruvi tomonidan yig‘ilish o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston hududida geologiya-qidiruv sohasida, uglevodorod konlarini o‘zlashtirish borasida kooperatsiyani mustahkamlash maqsadida, “O‘zbekneftgaz” AJ va “Lukoyl” kompaniyasi hamkorligining yangi bosqichi belgilab olindi hamda “Yo‘l xaritasi” tuzildi.
Unga ko‘ra:
“Lukoyl” kompaniyasining ishlab chiqarish va qazib olish obektlarini o‘rganish va ushbu obektlarda raqamli texnologiyalarning qo‘llanishi bilan tanishish uchun “O‘zbekneftgaz” AJ delegatsiyasi a'zolari, Rossiyaning Perm o‘lkasiga tashrif buyuradi;
“O‘zbekneftgaz” AJ va “Lukoyl” kompaniyasi “Raqamli kon” konsepsiyasi doirasida tajriba almashishdan tashqari, ishlab chiqarish davomida raqamli ERP tizimini qo‘llashda o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi;
geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish uchun “O‘zbekneftgaz” AJ va “Lukoyl” kompaniyasi hamkorligida qo‘shma korxona, “Ilmiy-o‘quv markaz tashkil etilishi, Toshkent, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida esa hamkorlikda ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
Bildirilishicha, belgilab olingan rejalarni amalga oshirilishi ikki tomonning kelishuvi asosida nazorat qilinadi.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Reuters: Trampning maxsus vakili Oq uyga Kremlning pozitsiyasini yetkazdi
Jahon | 01:04
-
Rossiyada tug‘ilish darajasi so‘nggi 200 yildagi eng past ko‘rsatkichga tushib ketdi
Jahon | 00:32
-
3D-printer yordamida bosilgan temiryo‘l stansiyasi olti soat ichida qurildi
Fan-texnika | 00:20
-
Surxondaryoda sudyaga 1000 dollar pora taklif qilgan advokat ushlandi
O‘zbekiston | 23:16 / 11.04.2025
Mavzuga oid

17:46 / 17.02.2025
Davlatga qarashli bir qator yirik kompaniyalar yanvarda soliq to‘lashni qisqartirdi

21:35 / 30.01.2025
Shavkat Mirziyoyev «Lukoyl» asoschisini qabul qildi

17:51 / 27.12.2024
O‘zbekiston qanday qilib yirik gaz eksportyoridan sof importyoriga aylandi?

22:19 / 19.12.2024