Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Midlands Aviation Pacific Asia Urganchda uchuvchilar tayyorlash markazi ochmoqchi
Malayziya kompaniyasi Urganchda uchuvchilar tayyorlash markazi va logistika xabini ochishi mumkin
Transport vazirligida Malayziyaning Midlands Aviation Pacific Asia kompaniyasi ijrochi direktori Raj Daryraj boshchiligidagi delegatsiya a'zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston transport vaziri Elyor G‘aniyev mamlakatimizda yangi investitsion loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirayotgan xorijiy kompaniya vakillariga fuqaro aviatsiyasi sohasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar haqida batafsil ma'lumot berdi.
Xususan, parvozlar geografiyasini kengaytirish, xorijiy aviakompaniyalarni yurtimiz aeroportlariga ko‘proq jalb etish maqsadida «Qarshi», «Nukus» va «Termiz» xalqaro aeroportlarida «beshinchi havo erkinligi» tartibini qo‘llagan holda, shuningdek «Buxoro» aeroportida chet davlatlar fuqarolarini tashishda «Ochiq osmon» rejimi joriy etilgani, shuningdek, «Navoiy» va «Termiz» aeroportlarida esa yuk tashuvlari uchun «yettinchi havo erkinligi» tartibini qo‘llagan holda “Ochiq osmon” rejimini joriy etish bo‘yicha ishlar olib borilayotgani ta'kidlab o‘tildi.
Midlands Aviation Pacific Asia kompaniyasi ijrochi direktori Raj Daryraj Urganch shahrida Phils kompaniyasi bilan hamkorlikda uchuvchilar tayyorlash markazi hamda xorijiy davlatlarga O‘zbekistondan yuklarni tashishga ixtisoslashgan zamonaviy logistika xabini ochish istagida ekanligini bildirdi va bu boradagi o‘z loyihalari taqdimotini o‘tkazdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar mazkur loyihalarni hayotga tatbiq etish borasida maxsus ishchi guruhi tuzgan holda hamkorlikda ishlashga kelishib oldi.
Mavzuga oid
08:17 / 03.06.2026
Dunyoning eng gavjum temiryo‘l vokzallari reytingi e’lon qilindi
11:42 / 02.06.2026
“Malayziya yordamga tayyor” – elchi islomiy moliyani joriy qilish haqida
21:56 / 01.06.2026
Malayziya 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlarda ro‘yxatdan o‘tishini taqiqladi
20:22 / 26.05.2026