Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda 600 ishchi o‘ringa ega ikkita yangi korxona ishga tushdi
11 mart kuni Andijon viloyatida ikkita yirik sanoat korxonasi ishga tushdi.
Andijon shahrida “OLTINMATOTEKS”, Paxtaobod tumanida esa “DINAR TEXTILE” korxonalarining ochilish marosimlari bo‘lib o‘tdi.
Har ikki korxonaning tantanali ochirish marosimida viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirok etib, ishlab chiqarish jarayoni va ishchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.



Andijon shahrida ishga tushgan “OLTINMATOTEKS” korxonasida hozirgi kunda tayyor trikotaj matolari ishlab chiqarilmoqda. Jamiyatda matoga ishlov berish, bo‘yash, gul bosish ishlari amalga oshiriladi. Korxona tomonidan 8,7 million AQSh dollar investitsiya o‘zlashtirilib, 250 nafar yoshlar ishga qabul qilindi.





Paxtaobod tumanida ish boshlagan “DINAR TEXTILE” MChJ korxonasida mahalliy aholining 350 nafari ish bilan ta'minlandi. Jamiyatga uzoq yillardan buyon foydalanilmay turgan bino investitsiya kiritish sharti bilan berildi.Hozirda korxona tomonidan mazkur binoga 1 million AQSh dollaridan ziyod investitsiya kiritildi.






“DINAR TEXTILE” MChJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar 100 foiz xorijiy davlatlarga eksport qilinishi ko‘zda tutilgan.
Sarvarbek Nazarov, Andijon
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
21:37 / 13.12.2025
Andijonda 80ta yangi avlod elektrobuslari aholiga xizmat ko‘rsatishni boshladi
14:39 / 09.12.2025
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
08:30 / 07.12.2025
Somsaxonalarda reyd, inversiyaning tugashi va mundialdagi raqiblar - hafta dayjesti
19:38 / 04.12.2025