14:20 / 11.03.2020
0
14819

Ona o‘z qiziga buyragini bermoqchi: murakkab operatsiya uchun saxiy insonlarning yordami kerak - Kun.uz xayriya aksiyasi

Tahririyatimizga Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanidan yordam istab murojaat bo‘ldi. Ona yakka-yu yagona qizi uchun bitta buyragini bermoqchi. Bemor Gulbahor Polvonovaning har ikki buyraklari ishdan chiqqan va gemodializ orqali jon saqlab turibdi.

29 yoshni qarshilagan Gulbahor Polvonovaning onasi Sanobar Salomovaning hikoya qilishicha, qizi turmush qurib 2015 yilda homilador bo‘lganidan so‘ng unda o‘zgarishlar ro‘y bergan. Homilasidan ayrilgan. Kasallik asorat berib, buyraklari ishdan chiqqan.

Sanobar opaning ikki farzandi bor. U turmushidan ajralib, farzandlarini o‘zi katta qilgan. Endi qizi bu ahvolda. Sanobar opa hamshiralik bilan kun ko‘radi. O‘g‘li esa Rossiya Federatsiyasida mehnat muhojirligida. Uning topganlari ham opasining davolanishiga ketmoqda.

Hozir oila dori-darmon va davolanishda qiyinchiliklarga duchor bo‘lib turibdi. Gulbahorni faqat buyrak ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasi qutqara oladi. Ona donor sifatida o‘z qiziga bitta buyragini bermoqchi. Ona barcha tekshiruvlardan o‘tgan. Buyragi qiziga mos keladi. Endi Toshkentda o‘tkaziladigan operatsiyadan hamda undan keyingi davolanish jarayoni va organizmni tiklovchi qimmatbaho dori-darmonlar uchun 20 million so‘m mablag‘ sarflanadi. Ularda esa buncha pul yo‘q.

Biz yurtimizdagi muruvvatli va saxovatpesha insonlarni ushbu oilaga yordam qo‘lini cho‘zishga chaqirib qolamiz. Ko‘mak berishni istaganlar Gulbahorning onasi Sanobar Salomova nomiga ochilgan plastik kartochkalarga mablag‘ ko‘chirib berishingiz mumkin.

UZCARD: 8600 0423 7563 3996

HUMO: 9860 0303 0375 5109

Shuhrat Shokirjonov tayyorladi.
Montajchi: Faxriddin Hotamov.

 

Hurmatli "UZCARD" kartochka egalari! "UZCARD" tizimi sizni ogohlantiradi!

Hech kimga va har qanday vaziyatda plastik kartangizga taalluqli ma'lumotlarni, ayniqsa telefon raqamingizga kiruvchi SMS xabarlarni (masalan, To'lovni tasdiqlash kodi: 123456. Kodni hech kimga bermang" yoki "Kod oplati. Nikomu ne soobshayte etot kod. 123456") oshkor qilmang. Sizga yordam pulini plastik kartochkasidan o‘tkazib berayotgan noma'lum shaxs telefon orqali murojaat qilib mobil telefoningizga kelib tushayotgan SMS — kodlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni bilmoqchi bo‘layotganini sezgan bo‘lsangiz, bilingki ushbu shaxs firibgarlik yo‘li bilan kartochka hisob raqamingizdagi pul mablag‘larini o‘g‘irlashga urinmoqda. Agar karta hisob raqamingizdan pul mablag‘lari o‘g‘irlanayotganini sezgan bo‘lsangiz, darhol kartochkangizni olgan bankingizga kartani bloklash uchun murojaat qilishingiz yoki ushbu amaliyotni bevosita o‘zingiz mobil yoki veb ilovada bajarishingiz mumkin.

Mavzu
Xayriya aksiyasi
KUN.UZ sayti yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish niyati bilan qator xayriya aksiyalarini tashkil etib kelmoqda.
Barchasi
Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top