Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YHXBB texnik shikastlangan «Matiz» mashinasi aks etgan video bo‘yicha tushuntirish berdi
Haydovchi noma'lum transport vositasiga urilib ketmaslik maqsadida boshqaruvidagi avtomashinani olib qochgan va ag‘darilib, yo‘l chetidagi daraxtga borib urilgan
Foto: Videodan kadr
Joriy yilning 10 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda texnik shikastlangan “Matiz” avtomobili tasvirlangan videolavha tarqaldi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilganda, joriy yilning 25 fevral kuni soat 22:30larda haydovchi M.A. “Matiz” rusumli transport vositasini boshqarib, Mirzo Ulug‘bek tumani Mustaqillik shohko‘chasi bo‘ylab, Shastri ko‘chasi tomonidan Shahrisabz ko‘chasi tomonga qarab ketayotgan bo‘lgan.
Qayd etilishicha, u yo‘lning o‘rta qatoridan yo‘nalishi bo‘yicha “Kitoblar olami” do‘koni qarshisida amaldagi “Yo‘l harakati qoidalari”ning 77-bandi 1, 3-qismlarida ko‘rsatilib o‘tilgan talablarga rioya qilmaganligi oqibatida o‘ziga nisbatan chap yon tomonida harakatlanib ketayotgan noma'lum transport vositasiga urilib ketmaslik maqsadida boshqaruvidagi avtomashinani olib qochgan va ag‘darilib, yo‘l chetidagi daraxtga borib urilgan.
Natijada, haydovchi M.A. tan jarohati olib shifoxonaga murojaat qilgan.
“Hurmatli yo‘l harakati ishtirokchilari, yo‘llarda harakatlanganda “Yo‘l harakati qoidalari”gi amal qilishingizni, o‘zingiz va o‘zgalar hayotini xavf ostiga qo‘ymasligingizni so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
20:18 / 15.01.2026
Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda jamoat transporti harakati sxemasi o‘zgartiriladi
12:08 / 14.01.2026
102 ga qo‘ng‘iroq qilib, “Trampga chora ko‘rishni” so‘ragan fuqaro ma’muriy jazoga tortildi
15:29 / 13.01.2026
Qoraqalpog‘iston va Toshkentda qalbaki dollar o‘tkazmoqchi bo‘lganlar ushlandi
23:15 / 11.01.2026