O‘zbekistonda piyoz eksporti to‘xtab qolgani yo‘q - «O‘zbekoziqovqatxolding»
"O‘zbekoziqovqatxolding" kompaniyasi eksport to‘xtatilgani uchun O‘zbekistonda piyoz narxi tushib ketgani haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan o‘rganish olib bordi
Kompaniyaning ma'lum qilishicha, joriy yilning 3 mart sanasidan O‘zbekistonda piyoz eksporti to‘xtab qolgani yo‘q. Bildirilishicha, mazkur sana va umuman, joriy yil boshidan mamlakat tashqi bozorga ushbu mahsulotni uzluksiz yetkazib berishda davom etmoqda.
Qayd etilishicha, yanvar-fevral oylari davomida 40 754 tonna piyoz eksport qilingan. Mart oyining 10 sanasigacha bo‘lgan muddatda esa 6 752,7 tonna piyoz Afg‘oniston, AQSh, Bolgariya, Iroq, Gruziya, Belarus, Moldova, Kipr, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, Eron davlatlariga eksport qilingan.
Ta'kidlanishicha, O‘zbekiston ichki va tashqi bozorlarga yetarli darajada piyoz yetkazib berish salohiyatiga ega. "O‘zbekoziqovqatxolding" kompaniyasi tomonidan piyoz eksport geografiyasini yanada kengaytirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilayotgani aytiladi. Joriy yildan O‘zbekiston piyozi uchun Eron, Pokiston, Tojikiston kabi yangi bozorlar ochilgani bildirilgan.
“Shuningdek, kompaniya dehqon va fermer xo‘jaliklari tomonidan yetishtirilgan piyoz mahsulotlarini tashqi bozorlarda xaridorlarini topish uchun yordam ko‘rsatib kelmoqda”, - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
13:13 / 19.11.2024
Germaniya O‘zbekistonga 1 mlrd yevrodan ortiq qiymatda mahsulotlar eksport qildi
15:20 / 14.11.2024
O‘zbekistonda yetishtirilgan meva va sabzavotlar Britaniya bozoriga eksport qilinadi
12:50 / 04.11.2024
O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari Mo‘g‘ulistonga eksport qilinadi
09:40 / 23.10.2024