Pensiya tayinlash va to‘lash tartibiga o‘zgartirish kiritildi
Vazirlar Mahkamasining “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori qabul qilindi
Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentyabrdagi 252-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Ularga ko‘ra, qaydnoma — pensioner va nafaqa oluvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, yashash joyi, pasport ma'lumotlari, pensiya va nafaqa to‘lov muddati hamda summasiga doir ma'lumotlar aks ettirilgan, pensiya va nafaqa to‘lovi uchun pensiyani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot va tijorat banki filialiga taqdim etiladigan hujjat ekani belgilandi.
Belgilab qo‘yilishicha, manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotgan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga pensiya tayinlash (qayta hisoblash, tiklash, pensiyaning bir turidan boshqa turiga o‘tkazish) to‘g‘risidagi ariza bevosita manzil-koloniya joylashgan yerdagi Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga beriladi.
Shaxsning pensiya tayinlash (qayta hisoblash, tiklash, pensiyaning bir turidan boshqa turiga o‘tkazish) to‘g‘risidagi arizasi manzil-koloniya ma'muriyati tomonidan manzil-koloniya joylashgan yerdagi Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga beriladi. Pensiya tayinlash (qayta hisoblash) to‘g‘risidagi arizaga ish stajiga oid ma'lumotlar qo‘shimcha ravishda taqdim etiladi.
Pensiya jamg‘armasi bo‘limi:
shaxsning ish stajiga oid ma'lumotlar asosida pensiya tayinlash (qayta hisoblash) uchun zarur bo‘lgan Nizomning 12-14-bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlarni to‘plashda amaliy yordam ko‘rsatadi;
pensiya to‘lovini tiklash yoki davom ettirish to‘g‘risidagi arizaga asosan pensiya yig‘majildini Pensiya jamg‘armasining tegishli tuman (shahar) bo‘limidan talab qilib oladi.
Bundan tashqari, manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotgan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxsning pasporti (istiqomat uchun berilgan guvohnoma) nusxasi manzil-koloniya ma'muriyati tomonidan manzil-koloniya joylashgan yerdagi Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga berilishi nazarda tutilmoqda.
Pensiyalar komissiyaning qarorida ko‘rsatilgan miqdor hamda muddatlardan kelib chiqib to‘lanadi.
Ishlamaydigan pensionerlarga pensiya yashash joyi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari tomonidan pensiyani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot yoki pensionerning xohishiga ko‘ra pul mablag‘larini fuqarolarning depozit hisob raqamlariga naqd pulsiz o‘tkazish yo‘li bilan tijorat bankining filiali orqali to‘lanadi.
Ishlamaydigan shaxsga pensiya va nafaqa to‘lovi shakli arizaga asosan aniqlanadi.
Shaxsning tanlovi bo‘yicha unga to‘lanishi lozim bo‘lgan pensiya summasi, bir vaqtning o‘zida pensiya to‘lovining bir nechta shaklidan foydalangan holda amalga oshirilishi mumkin.
To‘lov shakli shaxs tegishli ariza bilan murojaat etgan yoki mehnat shartnomasi bekor qilinganligi to‘g‘risidagi buyruqdan ko‘chirmani (bajarilgan ishlar dalolatnomasini) taqdim etgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab o‘zgartiriladi yoki tiklanadi.
Manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotgan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga pensiya to‘lovi Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari tomonidan manzil-koloniya ma'muriyati orqali mahkumlarning shaxsiy hisobvaraqlariga naqd pulsiz o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Manzil-koloniya ma'muriyati har oyning 1-sanasiga qadar joriy oy uchun manzil-koloniyada jazoni o‘tayotgan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga pensiyalar to‘lovi uchun mablag‘larni olishga muvofiq shakl bo‘yicha talabnomani manzil-koloniya joylashgan yerdagi Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga taqdim etadi.
Belgilanishicha, pensiyalarni bank plastik kartochkalari orqali to‘lash uchun mablag‘larni o‘tkazish Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari tomonidan axborot tizimi orqali elektron shaklda taqdim etilgan to‘lov topshiriqnomasi va qaydnoma asosida amalga oshiriladi.
Haqiqatda moliyalashtirilgan mablag‘lar to‘lov topshiriqnomasi va qaydnoma elektron shaklda taqdim etilgan kundan boshlab keyingi ish kunidan kechiktirmasdan xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banki filiali tomonidan pensioner yoki nafaqa oluvchi uchun ochilgan 22617 - “Pensionerlarning plastik kartochkalari bo‘yicha majburiyatlari” hisobvarag‘iga kirim qilinadi.
To‘liq bo‘lmagan oy kunlari uchun pensiya to‘lovi summasi quyidagi tartibda aniqlanadi:
tayinlangan pensiya summasi tegishli oyning kalendar kunlari soniga bo‘lish yo‘li bilan bir kun uchun to‘lov summasi aniqlanadi;
bir kun uchun to‘lov summasi pensiya to‘lovi amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tegishli oyning kalendar kunlari soniga ko‘paytiriladi.
Mavzuga oid
09:55 / 15.10.2024
Avtobus yo‘laklarida boshqa transportlarning harakatlanishi ustidan nazorat kuchaytirildi
07:16 / 20.08.2024
Sanoatni boshqarishning vertikal tizimi joriy etiladi
07:40 / 17.08.2024
Kriptologiya sohasida idoralararo ekspert guruhi tashkil etiladi
07:15 / 24.07.2024