Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rasman: Barcha sport musobaqalari va O‘zbekiston chempionatlari qoldirildi
2020 yil 16 martdan sanasidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi barcha ta'lim muassasalari noma'lum muddatga yopildi.
Foto: Reuters
Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Jismoniy tarbiya va sport vazirining tegishli buyrug‘i bilan vazirlik tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha ta'lim muassasalari, jumladan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Respublika Olimpiya zaxiralari maktab-internatlari, Olimpiya va milliy sport turlariga ixtisoslashtirilgan maktab internatlar, IBO‘SMlar, BO‘SMlaridagi pullik va bepul to‘garaklar, shuningdek, yopiq suzish havzalaridagi barcha to‘garaklar nomuayyan muddatga ta'tilga chiqarilganini ma'lum qilamiz.
Shu bilan birga mamlakatimiz hududida o‘tkaziladigan barcha sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionatlari va kuboklari hamda boshqa ichki musobaqalar ham noma'lum muddatga qoldiriladi», - deya yoziladi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi rasmiy xabarida.
Ma'lumot uchun, oldinroq O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov Superliga va barcha futbol uchrashuvlarini qoldirish masalasida 16 mart kuni yig‘ilish o‘tkazilishi haqida xabar bergan edi.
Mavzuga oid
19:13 / 07.04.2026
Futbol bo‘yicha Superliga o‘yinlari soat 19:00 dan keyin belgilanishi mumkin
19:12 / 07.04.2026
Oliy sport mahorati maktablari o‘rniga «Olimpiya terma jamoalari markazi» tashkil qilinadi
18:34 / 07.04.2026
Ishchilarining sport bilan shug‘ullanishi uchun sharoit yaratgan tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi
18:32 / 07.04.2026