Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chirchiq shahrida ekologik muhit yaxshilanadi
Toshkent viloyatining Chirchiq shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari qabul qilindi
Vazirlar Mahkamasining “2020-2022 yillarda Toshkent viloyatining Chirchiq shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi 2020-2022 yillarda Toshkent viloyatining Chirchiq shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlar dasturi:
2020-2022 yillarda Toshkent viloyatining Chirchiq shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining maqsadli parametrlari va moliyalashtirish manbalari;
Chirchiq shahrida sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohalarini rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati hamda bo‘sh turgan obektlardan oqilona foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlar;
Chirchiq shahrida muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati;
Chirchiq shahrida ijtimoiy soha obektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlash hamda ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha kompleks tadbirlar;
Chirchiq shahrida ko‘p kvartirali uy-joylarni ta'mirlash, issiqlik ta'minoti sifatini oshirish, ekologik muhitni yaxshilash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha kompleks tadbirlar;
Chirchiq shahrida ta'lim sifatini oshirish, sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, madaniy-ma'rifiy sohada aholi faolligini oshirish, yoshlarni sportga keng jalb etish hamda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kompleks tadbirlar rejasi tasdiqlandi.
Quyidagilar:
a) Toshkent viloyati hokimligining Chirchiq shahrida ekologik muhitni yaxshilash, ayniqsa, ko‘p kvartirali uy-joylar hududlarida manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish, maysazorlar va gulzorlarni tashkil etib, aholiga munosib yashash sharoitlarini yaratish maqsadida 2020-2022 yillarda shaharning sug‘orish tizimini, loyiha-smeta hujjatlari asosida mahalliy budjet hisobidan zarur mablag‘lar ajratgan holda barpo etish;
b) “O‘zkimyosanoag” aksiyadorlik jamiyatining Chirchiq shahri “Nur” mahallasi hududida joylashgan markaziy alleyasini rekonstruksiya qilish ishlarini o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirish to‘g‘risidagi takliflari ma'qullandi.
Toshkent viloyati hokimligi, Qurilish vazirligi, Adliya vazirligi Chirchiq shahar Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limining yangi binosini qurish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.
Toshkent viloyati hokimligi tegishli davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari bilan birgalikda 2020 yil III choragida Chirchiq shahri “Madaniyat” mahallasi hududida harbiy xizmatchilar oila a'zolari uchun qurilgan ko‘p kvartirali uy-joylarning atrofini obodonlashtirish, irrigatsiya tizimlarini tortish, yer osti vertikal qudug‘i hamda tungi yoritish tizimlarini qurish ishlarini yakunlash choralarini ko‘radi.
Mavzuga oid
20:57 / 11.06.2026
Chirchiq daryosi qirg‘og‘ining o‘pirilgan qismini mustahkamlash ishlari boshlandi
13:02 / 02.06.2026
Prezident maishiy va avtomobil kimyo mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonada bo‘ldi
13:00 / 02.06.2026
Chirchiqda zamonaviy polimer materiallar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi
12:58 / 02.06.2026