Jahon | 22:29 / 16.03.2020
7729
2 daqiqa o‘qiladi

Koreya, AQSh va Yevropada mashinadan tushmasdan koronavirusga tekshiruvdan o‘tish mumkin bo‘ldi

Yevropa mamlakatlarida, xususan Germaniya va Buyuk Britaniyada tekshiruvning bu usuli ommalashib bormoqda.

Janubiy Koreya, Yevropa va AQShda koronavirus diagnostikasi uchun avtostansiyalar faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda. Kasallikni aniqlashga tahlil topshirish uchun avtostansiya darchasi oldida avtomobil oynasini tushirib, og‘izni ochish kifoya. Tampon yordamida tildan proba olinadi. 

Janubiy Koreya fuqarolari birinchilardan bo‘lib mashinadan tushmasdan virusga tahlil topshirishga muvaffaq bo‘ldi. Bu yerda tahlil oluvchi avtostansiyalar fevraldayoq paydo bo‘lgandi va yuz minglab kishilar tekshiruvdan o‘tkazildi.  

 Yevropa mamlakatlarida, xususan Germaniya va Buyuk Britaniyada tekshiruvning bu usuli ommalashib bormoqda. AQShning ayrim shtatlari - Kolorado, Vashington va Havayida ana shunday tahlil oluvchi avtostansiyalar paydo bo‘lmoqda. 

Kasallik yuqtirganlarni tezlik bilan aniqlash va ularni izolyatsiya qilish koronavirusga qarshi kurashishdagi eng samarali strategiyadir. Aynan mana shu yo‘l Singapurda kasallikning keng tarqalib ketishini to‘xtatib qoldi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid