Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi Rossiyada bo‘lib turgan fuqarolarga murojaat qildi
16 mart holatiga ko‘ra Rossiyada yangi infeksiya bilan kasallanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari qayd etilmagan.
O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi ushbu davlat hududida bo‘lib turgan hamyurtlarimizga murojaat bilan chiqdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi va Bosh konsulliklari tomonidan Rossiya Federatsiyasining vakolatli markaziy va hududiy organlari bilan aloqalar o‘rnatilgan va doimiy muloqot olib borilmoqda, koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat doimiy kuzatuv ostiga olindi.
16 mart holatiga ko‘ra Rossiyada yangi infeksiya bilan kasallanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari qayd etilmagan.
Mavzuga doir qo‘shimcha axborotlarni O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi hamda Vladivostok, Yekaterinburg, Qozon, Novosibirsk, Rostov-Don va Sankt-Peterburg shaharlaridagi Bosh konsulxonalari huzurida tashkil etilgan Ishchi guruhlarga qo‘ng‘iroq qilib olish mumkin.
Operativ shtab telefonlari: +998 71 233 28 28, +998 97 136 51 51 (mobil)
Call cente – 1164
Telegram: +99897 136 51 51
Avvalroq O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi mamlakatning xorijdagi elchixonalari va konsullik muassasalari, tegishli vazirliklar, idoralar va kompaniyalar bilan birgalikda O‘zbekiston fuqarolarining ro‘yxatlarini tuzish va ularni vatanga qaytarish uchun charter reyslarini tashkil etish ustida ishlayotganligi xabar qilingandi.