Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda O‘zbekistonga qaytish uchun navbatda turgan talabalar haqidagi xabar tasdiqlandi - TIV
Muammoni belgilangan tartibda hal qilish uchun Qirg‘iziston rasmiylari bilan bir qator muzokaralar o‘tkazildi
2020 yilning 14 mart kuni O‘zbekistonning Bishkek shahridagi elchixonasi Qirg‘izistonning qator universitetlarida o‘qishini ko‘chirish va vatanda ta'lim olish uchun hujjatlarini olmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik talabalardan iborat navbatlar haqidagi xabarni tasdiqladi.
Qayd etilishicha, vaziyat elchixona nazorati ostida. Muammoni belgilangan tartibda hal qilish uchun Qirg‘iziston rasmiylari bilan bir qator muzokaralar o‘tkazildi.
Shuningdek, O‘zbekistonning ta'lim muassasalari vakillari tegishli hujjatlarni markazlashtirilgan tartibda olish uchun Qirg‘iziston universitetlariga yuborildi.
Tashqi ishlar vazirligi vatandoshlarga zarur holatlarda O‘zbekistonning Bishkekdagi elchixonasiga + 996-312-986-296 telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatgan.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026