Epidemiya çoğida musulmon odobi: narx-navoni sun'iy oşiriş va vahima haqida. Nuriddin Xoliqnazarov bilan suhbat
|20:44 / 17.03.202043 42913 min
Yuqumli kasalliklar paydo bölganida unga qarşi kuraşiş borasida Islom dini ta'limoti qanday? Odamlar orasida vahimaga sabab bölişning-çi? Narx-navoni asossiz ravişda oşirganlarni kim deb ataş mumkin? Toşkent şahar boş imom-xatibi Nuriddin domla Xoliqnazarov bilan suhbatda şu va boşqa savollarga javob berildi.
Koronavirus tarqalişining oldini oliş maqsadida 2020 yil 16 martdan e'tiboran Özbekistonda karantin çoralari e'lon qilindi.
Xöş, mazkur epidemiyaga qarşi kuraşişda Islom dini ta'limoti qanday? Savollarimizga javob oliş uçun Toşkent şahar boş imom-xatibi Nuriddin domla Xoliqnazarov bilan suhbatlaşdik.
— Assalomu alaykum, domla!
— Vaalaykum assalom va rohmatulloh, xuş kelibsiz!
—Domla, Özbekistonda karantin e'lon qilindi. Sir emas, Islom ta'limoti inson hayotidagi barça jabhalarni qamrab oladi. Şu nuqtayi nazardan, karantin holatida musulmonlar özlarini qanday tutişlari kerak böladi, ularning zimmasiga yuklanadigan mas'uliyat va vazifalar nimalardan iborat?
— Allohga hamd, payğambarimizga salavot-u salomlar bölsin. Afsuski, Allohning irodasi ekan, mazkur virus bizga ham kirib keldi. Garçi, hukumatimiz ehtiyot çoralarini körib, mömin-musulmonlar duoi xayrlarda bölib turdi, ammo Alloh irodasi ekan. Şunday ekan, ehtiyot çoralarini köriş barça mömin-musulmonlarga zarur böladi.
Musulmon banda, avvalo, Islom dini qonun-qoidalariga muvofiq, har bir inson hayotini muhofaza qiliş mas'uliyatiga ega. Şunday ekan, har birimiz yurtdoşlarimizni, dindoşlarimizning hayotini, salomatligini saqlaşga mas'ulmiz. Şu bilan birga, özimizning salomatligimizni ham saqlaşga majburmiz.
Çunki, payğambarimiz sallollohu alayhi vasallam aytganlarki, «Ikkita ne'mat bor, insonlar ularning qadriga heç yetmaydi, bular xotirjamlik va sihat-salomatlik». Bu hadisni köp aytganmiz, ammo uning qay darajada ahamiyatli ekanini yaqinroq his qilib, tuşunib turibsiz. Garçi, sanoqli kişilar virusni yuqtirgani aytilgan bölsa ham, barçamizning xotirjamligimizga oz bölsa-da ta'sir qildi. Şuning uçun, xotirjamligimizning qadriga yetişimiz, salomatligimizni asraşlik yölida barçamiz birlaşişimiz kerak.
Va Islomda musulmonlar öz rahbarlariga, bizning holatda tabiblar körsatmalariga ham itoat qiladi. Mana şuni unutmaslik darkor. Şunga muvofiq, uşbu kasallikning oldini oliş böyiça qanaqa körsatma bölsa, unga amal qilişimiz lozim.
—Ijtimoiy tarmoqlarda
Mavzuga oid
«
Allohning aytgani böladi
»,
«
Niqob taqsang ham, taqmasang ham, antiseptik vosita qöllasang ham taqdirda bori böladi
»
, degan gaplar aytilmoqda. Lekin, bir hadis yodimga keldi. Şomda vabo tarqaganida, Hazrati Umar (roziallohu anhu) u yerni tark etgan. Şu hadisni izohlab bersangiz?
— Avvalo, musulmon sifatida Alloh Taoloning taqdiriga iymon keltirganmiz. Buni esdan çiqarmasligimiz kerak. Mana iymon şartlarimizda, Allohga, fariştalariga, payğambarlariga, kitoblariga va taqdiriga ham işonamiz. Yaxşilik va yomonlik ham, nimaiki bölsa, Allohdan ekaniga işonamiz. Lekin, taqdir ham Allohning bizlarga bergan bir körsatmasi ekanligi hozir siz aytgan hadisda öz ifodasini topadi.
U kişi Şomda vabo tarqaganida u yerdan çiqib ketdilar. Allohning taqdiridan qoçyapsizmi, deganlarida, Allohning taqdiridan Allohning taqdiriga qoçyapman deganlar. Ya'ni, mana şu qoçişligim ham aslida Allohning taqdiri, deganlar.
Şuning uçun, avvalo, har bir narsani Allohga omonat qilişimiz lozim. Lekin, payğambarimiz alayhissolatu vassalomdan bir hadisda şunday rivoyat qilinadi. U kişidan: «Otimizni boğlab Allohga omonat qilaylikmi, yoki boğlamasdan, deb söraganlarida, otingni boğlab, söngra Allohga omonat qil, degan ekanlar».
Yana bir hadis bor. «Tomi tuşib ketadigan uyning içida ötirib olib, Robbim meni saqlagin, degan kişining duosi qabul bölmaydi», deyiladi. Bunday hadislar köp.
Şunday ekan, Alloh Taoloning bizga bergan har bir taqdiriga rozi bölgan holda, ehtiyot çorasini körişimiz kerak. Mömin-musulmon sifatida, öşa kasallikning oldini oliş uçun nimaiki çoralar bölsa qilamiz-u, iymonimizda Alloh Taoloning taqdirisiz, heç narsa bölmaydi, deb turamiz.
Bitta misol keltiradigan bölsam, boşimiz oğrisa, bir dori içamiz, ammo Alloh şifo berdi, deymiz. Çunki, aqidamizda sababiyat qonuni bor. Bir narsaga ikkinçi narsa sabab böladi. Şuning uçun, öşa kasallikning oldini olişga niqoblar, antiseptik vositalar yoki boşqa körsatmalar sabab bölib, Alloh bizni balolardan asraydi.
—Ma'lumotlarni öqiganimizda, kasallik tarqatuvçi bu virus nopoklikdan kelib çiqadigandek taassurot uyğotmoqda. Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti tavsiyalarida ham qölni muntazam sovunlab yuviş köp takrorlanmoqda. Islom – poklik dini deymiz. Musulmonlar hayot tarzida bu narsa şundoq ham bor, ammo buni yana qanday kuçaytiriş mumkin?
— Agar, biz mana şu poklik borasida payğambarimiz sallallohu alayhi vasallam körsatmalariga muvofiq bölsak, in şaa Alloh, bu kasallikdan qutulamiz.
Birinçisi, inson pok bölib yurişi. Bizda poklik şunçalik e'tiborga olindiki, u ibodat darajasiga, hatto iymon darajasiga olib çiqildi. Payğambarimiz alayhissolatu vassalom «Tahorat – iymonning yarmidir», dedilar-da. Yoki, «Poklik iymondandir», degan hikmatli söz bor.
Payğambarimiz sallallohu alayhi vasallamning boşqa bir hadislari bor: «Alloh pokdir va poklikni yaxşi köradi». Islomda poklikka juda katta e'tibor qaratilgan. Bir kunda beş mahal namoz öqiganimizda, beş mahal qölimizni yuvib tursak, yuzimizni yuvib tursak, bizda gard qolmaydi. Oyoqlargaça yuviladi, aslida.
Undan taşqari, diniy körsatma va odoblar bor. Şulardan biri, jamoat joylarda taomlanayotganda, yoki umuman, çoy içayotganimizda idişga puflama, deyiladi. Puflaş – makruh. Ayniqsa, hozirgi kunda, şunga hamma amal qilinsa, virus tuşişidan saqlaniladi.
Yana biri mömin-musulmonlarning körişiş odoblari. Biz, avvalo, salom bilan körişişimiz, zarurat bölganda, qöl bilan körişişimiz kerak. Musulmonlarning bir-birlari bilan körişiş madaniyatida öpişib körişiş yöq. Bu, ayniqsa, ayollarga taalluqli.
Agar, şundan ham saqlansak, ovqat yeyayotganda saqlansak, payğambarimiz tavsiya qilganlaridek, ovqatdan oldin va keyin qöllarimizni yuvib tursak, bizga heç qaçon bu virus yuqmaydi.
—In şaa Alloh, karantin muddati ham qisqaradi...
— Biz bu narsani farzandlarimizga ham örgatişimiz kerak. Mana, virusdan saqlaniş uçun, niqobdan ham köra, qölni yaxşilab, sovunlab yuvişga köproq e'tibor qaratilmoqda. Inson öziga qarab, poklikka e'tibor bersa, katta-katta jamoat joylarida boşqalarga ozor berişdan özini saqlasa, Xudodan umidimiz bor, tez kunda, bu bartaraf böladi.
—Hozirgi kunda, supermarketlarda, dökonlarda odamlar örtasida bir vahima. Islom ta'limotiga köra, ortiqça mahsulotlarni jamlab qöyiş qançalik töğri böladi?
— Ayrimlar hamma narsani taqdirga yöyib, heç narsa qilmaslik kerak deyapti. Ikkinçi tomon qörqqanidan, vahima bilan iş qilyapti. Bunday paytlarda, musulmon odam sabrli-qanoatli bölişi kerak.
Birinçidan, yurtimizda oçarçilik bölgani yöq, qahatçilik yoki uruş bölgani yöq. Sanoqli odam şu virusga yöliqqanini eşitdik. Bunday vahima çiqariş şaytonning vasvasasi. Şayton vasvasasi bilan odamlar bir-birida vahima uyğotmoqda. Ortiqça narsalarni olib qöymoqda, bu isrof. Keragini olsa, ertaga yana oladi. Köp oliş oqibatida boşqalarni benasib qilmoqda.
Xalqimiz bunaqa bölmagan. Virusni yuqtirgan fuqaro çiqqani haqidagi xabardan söng, odamlarning holatini kuzatdim. Nega bunaqa, nima uçun vahima paydo böldi? Bundan kattaroq imtihon boşimizga tuşsa, nima qilamiz?!
Bitta mayizni qirq kişi bölib yegan yurtmiz biz. Oçarçilik, qiyinçiliklarni körgan bobo-momolarimiz. Uyidagi bir burda nonini yarmini qöşnisiga bergan xalqmiz.
Qolaversa, bir-birlariga asoslanmagan xabarlar, yolğon tarqatiş – bu eng katta gunoh. Asos yöq. Çunki, payğambarimiz alayhissolatu vassalom insonlar orasida, hatto hazillaşib ham qörquv uyğotişdan qaytarganlar.
Sahobalardan birlari, jang örtasidagi dam oliş vaqtida ozgina uxlab turganlarida, safdoşlari kamon öqlarini yaşirib qöyişdi. Uyğonib qarasa, öqlari yöq, qörqib ketdilar. Ular kulişdi. Payğambarimiz bu holni körib, hazillaşib qörqitiş ham durust emasligini aytdilar. Vahima qiliş ham qörqitiş-da. Ijtimoiy tarmoqlarda u-bu deb yozib, qörquv uyğotiş örniga, odamlarni osoyiştalikka çaqirişi, Allohga duo qilaylik, uning qadariga rozi bölaylik, özimizni ehtiyot qilaylik, deyiş musulmonning vazifasi.
—Bozorda xaridor soni köpaydi. Savdoda ikkinçi taraf – sotuvçi bor. Ularning ayrimlari, xaridor köpligidan foydalanib, narxlarni oşirdi. Islomda narx-navoni insof bilan belgilaş qanday muolaja qilinadi?
— Aslini olganda, savdogarlik şarafli kasblardan biri hisoblanadi. Payğambarimiz alayhissolatu vassalom «kasblarning içida eng yaxşisi bu savdogarlik» deganlar. Uluğ sahobalardan birlari ikki holatda ölim topişni istardim, biri vatanimni, oilamni duşmandan himoya qilib, ikkinçisi tijorat mollarini olib kelayotganda, degan ekanlar. Tijoratçining vazifasi insof doirasida xalq ehtiyojlarini ta'minlaş.
Lekin ayni insonlar boşiga sinovlar, qiyinçiliklar tuşib vaqtda foydalanib, aldab, pulini topiş, umuman, durust emas. Ularga aytar sözimiz şuki, bunday usulda pul topib bölmaydi, Allohdan qörqiş kerak. Aksinça, bunday vaqtda yordam berişi kerak.
Payğambarimiz alayhissolatu vassalomning bir hadislarida deganlarki, «kim bir musulmon birodarining dunyoviy qiyinçiligini ketkazişda yordam bersa, Alloh qiyomatda uning qiyinçiligini ketkazişda yordam beradi».
Mana niqoblarni qarang. Bir neça kun avval qança edi? Islomda «ihtikor» degan narsa bor, bu monopoliya qilib oliş degani. Ayrim mahsulotlarning narxini sun'iylik bilan kötariş. Töplab olib, bir balo kelganida uni qimmat narxda çiqarib sotiş harom. Bunday qilmaslik kerak. Aksinça, arzonlaştirib sotsa, Alloh qimmat sotgandagi 100 sömidan arzon sotgandagi 1 sömiga 1000 sömlik baraka beradi. Baraka insofda, afsuski, içimizda şunday insonlar ham bor ekan.
Eşitib, meni ranjitgan yana bir narsa. Hukumatimiz tomonidan alohida qaror qabul qilindiki, karantin davrida talabalarga, yölkiralarini 50 foizga arzonlaştirdi. Lekin, şunaqa paytda, ba'zi birlari yölkira narxini keskin darajada kötarib yuborib öz nafsi yölida xiyonat qildi. Ularni xiyonatçi deyiş xato bölmaydi. Çunki, u mana şunday qiyinçilik davrida yurtdoşi, dindoşidan foydalanyapti.
Ijtimoiy tarmoqda öqib qoldim, qaysidir bir taksiçi talabalarni tekinga olib borişini e'lon qilibdi. Mana şu insof. 5-6 bemor paydo bölişi bilan kim asli kimligi bilinib qoldi. Kim vatanparvar, kim dinparvar, kim fidoyi ekanini musibatda, qiyinçilikda bilinadi.
Eskilarning gapi bor: kim nimadan foydalanib, pul qilsa, öşa topgan pulini şunga sarflaydi, deyiladi. Agar odamlarning musibatidan pul qilsa, topgan pulini bir kuni öz musibatiga sarflaydi. Bundan ehtiyot böliş kerak. Bu gaplar, yillar davomida tajribadan ötgan gaplar.
Ammo, yana qaytaraman, ehson qiluvçilar ham çiqmoqda. Alloh yölida nima bölsa qilamiz, deyişmoqda, oziq-ovqat mahsulotlari borasida yordamlarini taklif qilayotganlar bor.
—Bugundan boşlab, Musulmonlar idorasi ham fatvo çiqardi. Respublika masjidlarida jamoat namozi ibodatlari ado etilmasligi, juma namozi ham uyda öqilişi aytildi. Toşkent şahri misolida, bu qanday böladi, izohlab bersangiz.
— Bir narsani bilişimiz kerak, bu Özbekistonning öz tajribasi emas. Hatto Saudiya Arabistonida, Haram hududi ham Umra ziyorati uçun berkitildi. Butun dunyo Islom ulamolari kengaşi bor, öşa kengaş ham fatvo çiqarildi. Bu namozdan qaytariş emas, jamoat namozidan töxtatib turiş deyiladi.
Payğambarimizning jiyanlari Ibn Abbos ötirgan edilar, yomğir kuçli yoğayotgan vaqtda, muazzin azon aytdi. Şunda Ibn Abbos muazzinga qarab «namozga kelinglar», deyiş örniga «uyingizda namoz öqing», degan sözni aytişni buyurdilar.
Atrofdagilarning ayrimlari ranjişdi. Şunda u kişi, bu işni mendan köra, yaxşiroq inson qilganlar, dedilar. Yomğirda qolib, balçiqda qiynalmaslik maqsad qilingan edi. Yomğir bilan virus örtasida qançalik farq bor. Sunnati muakkadani qiliş bilan insonlarga zarar berişdan Islom qaytaradi.
Musulmon inson öz yurtining fatvosiga itoat qilişi vojib. Biz ham Toşkent şahrida bu fatvo e'lon qilindi. Musulmonlarimiz bu qarorni töğri qabul qildilar, xursand böldi, demaymiz albatta, mahzun böldilar va bu balo tezroq daf bölişini közlarida yoş bilan Allohdan söradilar.
In şaa Alloh, tez orada yana jamoat namozlarimizni birgalikda öqiş nasib etadi.